Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Shaxsi noma’lum gaplarda
esa voqea-hodisaning, ish- harakatning 
bajaruvchisi noma’lum bo‘ladi: 
Mana shu joylarni sahroga o‘xshatishadi.
Bu 
misolda sahroga o‘xshatuvchilar (
bajaruvchi 
- sub’ekt) borday ko‘rinadi. Ular 
sahroga o‘xshatishadi deb ega o‘rnida ular so‘zini qo‘yib ko‘rsak gapning 
mazmuniga mos kelmaydi. Chunki, gapning mazmunidan 
«Mana shu joylar sahroga 
o‘xshatiladi»
degan mazmun bor. Yana misollar keltiramiz: 
Ukamni kollejga qabul 
qilishibdi. Radioda bugun yomg‘ir yog‘adi deyishibdi.
Mashq.
Keltirilgan misollardan shaxsi aniq va shaxsi noma’lum gaplarni 
ajratib ko‘chiring. Shaxsi aniq gaplar uchun zarur bo‘lgan ega vazifasidagi so‘zni 
qavs ichida ko‘rsating. 
1. Kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda deydilar. 2. Otalikning farzi ayni – 
farzandga munosib ism qo‘ymoq deydilar. 3. Yugurganniki emas, buyurganniki deb 
juda to‘g‘ri aytishgan ekan-da (A.Qahhor). 4. Rahmatilla Obidiyni kasalxonaga olib 
ketishdi (A.Qahhor). 5. Bemorlardan doim xabardor bo‘lib turamiz. 6. Ilm deganni 
misqollab bobma-bob o‘rganadilar.7) Jo‘jani kuzda sanaydilar. 8. Bu joylarni hozir 
ham Qoradaryo deydilar. 9. Ijozat bersangiz fikrimni bayon qilsam. 
 
Shaxssiz gaplarda
ega borday tasavvur qilinmaydi va umuman harakatni 
bajaruvchi shaxsni topib bo‘maydi. Misol: 
Xonada shovqin qilinmasin. Bu erdan 
tezda ketishga to‘g‘ri keladi.
Keltirilgan misollarda harakat bajaruvchisi – egani topib 
bo‘lmaydi.
 
Mashq.
Qiyoslab berilgan gaplar orasidan bajaruvchi shaxs qo‘llanmagan, 
lekin uni topib gapni ega bilan birga qo‘llash mumkin bo‘lgan gaplarni alohida
harakatning bajaruvchisi (ega)ni topib bo‘lmaydigan gaplarni alohida ko‘chiring va 
ularni izohlab bering. 
1. Hamma ishni birdan bajarib bo‘lmaydi. 2. Baribir shunday ishlashga to‘g‘ri 
keladi. 3. Yig‘lanmasin. Nega yig‘lanadi? (A.Qahhor) 4. Singan ko‘zani o‘z holiga 
keltirib bo‘lmaydi-ku. 5. Bu xarsang toshlarni emirib, bu metin devordan tuynuk 
ochib bo‘lmas. 6. Ali Qushchining qutlug‘ boshini qutqarish uchun oltin 
javohirotlarni olmaslik lozim (O.Yoqubov). 7. Bu o‘ktam, sohibtadbir yigitlarni 
ilgaritdan Samarqandda ekan chog‘idan bilar, ularning omilkorligiyu, dovyurakligiga 
ishongani vajidan Xumoyun yoniga xizmatga qoldirgan edi (P.Qodirov). 8. Charlar 
ham o‘tar, andining yuzini ham ko‘rarsan. (A.Qodiriy). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin