Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

To‘liqsiz gaplar
ham so‘z-gaplarga o‘xshash, asosan, dialoglarda qo‘llanadi, 
uning mazmuni o‘zidan oldin yoki keyin kelgan gaplardan to‘liq anglashiladi. Farqi 
shundaki, to‘liqsiz gaplar biror gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. So‘z-gaplar esa, gap 
bo‘lagi vazifasida qo‘llanmaydi. 
Qiyoslaymiz:
To‘liqsiz gap So‘z-gap 
- Bugun yig‘ilishga 
- Bugun yig‘ilishga
kelasizmi? kelasizmi? 

Kelaman (kesim) - Ha 
 
- Yig‘ilishga qachon kelasiz 
- Bizni tanidingizmi?
kelasiz?
- Yo‘q
- Ertaga (payt holi) 
-Kimlarni chakiryapsiz? - Uyga kirsam maylimi
-Talabalarni (
vositasiz 
to‘ldiruvchi)
- Mayli


Misollardan ko‘rinadiki, to‘liqsiz gaplar bir so‘z bilan ifodalangan bo‘lsa ham, 
ma’lum gap bo‘lagi vazifasini bajaradi. O‘ng tomonda keltirilgan so‘z-gaplar esa gap 
bo‘lagi nomi bilan atalmaydi, gap bo‘lagi vazifasini bajarmaydi. 
Agar so‘z-gap vazifasidagi bunday so‘zlar gap ichida (gapning boshida, 
o‘ntasida va oxirida) kelsa, ular so‘z-gap emas, kirish so‘z hisoblanadi. 
Quyidagi misollarga e’tibor bering: 
-
Siz Samandarovmisiz? - dedi qo‘ng‘iroqday ovoz. 
-
Ha, Sherzodman, - dedi bosiq ovozda. 
-
Sizni topib bo‘ladimi o‘zi? 
-
Kechirasiz, yana Farg‘onaga ketishga to‘g‘ri keladi... 
-
Ie, sizmisiz, Shoiraxon?... 
-
Oldingizga kirmoqchi edim. 
-
Mayli, hozir ruxsatnoma yozib berishadi (O‘.Hoshimov). 
Mashq.
Matndagi to‘liqsiz gap, so‘z-gap (bo‘laklarga ajralmaydigan gap)larni 
ajratib ko‘rsating. Ularning qo‘llanishidagi o‘xshash tomonlari va farqli tomonlarini 
tushuntiring. 
...Dutor erga urildi... qars etdi. Tamom! Kuy ham, qo‘shiq ham tindi-qoldi. 
- Sindi! – dedim ovozim titrab. 
Vali yugurib tepamga keldi: 
- Voy-y-y! Endi dadang o‘ldiradi! Ikkalamiz qo‘limiz titragancha g‘ilof 
bog‘ichini yechdik. Qarasam, dutorning ip tortadigan qulog‘i sinib tushibdi. 
- Endi nima qilamiz? – dedi Vali ko‘m-ko‘k ko‘zlarini jovdiratib.
- Yur! – Vali qo‘limdan tutib, uyiga boshladi. 
... Vali qutini titkilab zanglab ketgan temir topdi. 
- Mana! – dedi u tantana bilan. – Endi hech ham sinmaydi.
Kechqurun oyimga nima bo‘lganini aytib bergandim, rangi o‘chib ketdi... Uch 
kundan keyin sir ochildi. Dadam hujradan turib jahl bilan qichqirib qoldi: 


120 
- Dutorga kim tegdi?... 
- Zebi opa chaluvdi, - dedi oyim sekin. Sumalakka chiqqanimizda... bir chalib 
beray devdi. Qiziq, dadam birdan hovuridan tushdi. 
-
Mayli, - dedi birdan ovozi pasayib, - Zebi chalsa mayli. (O‘.Hoshimov). 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin