Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Kesimlar uyushadi

Ko‘zini oladi, yana qaraydi, iljayadi. U faqat yozardi, 
o‘qirdi, mashina tuzatardi. (S.Ahmad) Yalindimi, yolvordimi, bo‘lib o‘tgan ishlarni 
bir umr unutib yuborganligimni aytdim, bo‘lmadi (S.Ahmad) 
Aniqlovchilar uyushadi

Qandoq beozor, bearmon kunlar edi Andijondagi 
kunlarim. Abdulla Qahhor insonni beburd qiladigan, obro‘sini to‘kadigan, qadr-
qimmatini erga uradigan narsalardan hazar qilardi (S.Ahmad). Qodiriy, Qahhor 
romanlarini berilib o‘qiganman. Lekin u ming-minglab o‘quvchilari, ixlosmandlari, 
shogirdlari yuragiga chiroq yoqib ketdi. (S.Ahmad). 
To‘ldiruvchilar uyushadi

Endi ular kitoblarda, shoirlarning nazmida, 
bastakorlarning dilni o‘rtovchi kuylarida qolgan. (S.Ahmad). Terini, junni va 


121 
go‘shtni davlatga sotishadi. Abdulla, Erkin, O‘lmas, Ne’mat, O‘tkir, Nosir, 
Xudoyberdi, Anvarlarni o‘z ukasidaek ko‘rardi.(S.Ahmad.) 
Hollar uyushadi
:
Yomonligi uchun betiga qora surtib, eshakkka teskari 
mindirib qishloqdan chiqarib yuborishadi. Oyim shikasta ovoz bilan g‘azallarni juda 
ravon, mayin o‘qir edilar. Kampir bu tovushlarga bir dam quloq tutib, boshini 
tebratib, kulib qo‘ydi. (S.Ahmad) Uning tergovchilari Farg‘onada, Xorazmda, 
Buxoroda ish olib borardi. (S.Ahmad). 
Mashq.
Matndagi uyushiq bo‘lakli gaplarni aniqlang. Gapning qaysi bo‘laklari 
uyushganligini belgilang. 
Yozgi ta’tilda Munisxon akasi bilan Qrimga ketib, Saidiy shaharda yolg‘iz 
qoldi. Uning boradigan eri, so‘zlashadigan kishisi yo‘q: kuni bilan hujrasida o‘tirib 
turli yozuvchilarning maqtalgan asarlarini o‘qish va hikoya yozish bilan vaqtini 
o‘tkazar edi. Yana birmuncha she’r va hikoyalarini o‘sha jurnalga yubordi. 
Bu jurnal yozuvchilarni uch turga bo‘lib, asarlarini taqdim qilardi: talantli 
shoirlar, tarbiya va kengashga munosib yosh qalamkashlar va havaskor yozuvchilar. 
Saidiy esa so‘nggisiga ham kirmas, uning ismi mudom oxirgi sahifada «bosilmaydi» 
so‘zi bilan zikr qilinardi. Saidiy umidsizlanmadi, chunki o‘zi yolg‘iz emas, yana 
boshqa yigirmalab ismlar ham bor edi. U o‘zini tarbiya va kengashga munosib 
darajaga ko‘tarish uchun juda ko‘p kitoblar o‘qidi, bir necha oy ichida ikki yuzdan 
ortiq badiiy asarlarni o‘z ichiga olgan kutubxonaga ega bo‘ldi (A.Qahhor). 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan uyushiq bo‘lakli gaplarni ajratib, ular qaysi 
bo‘lak ekanligini ayting. 
1. Qashqarcha kumush obdasta ko‘tarib kelayotgan semiz oftobachi har o‘n 
qadamda bir to‘xtab qolardi (P.Qodirov). 2. Deraza oldiga ekilgan olchalar va 
giloslardan shovullab xazon to‘kildi (P.Qodirov). 3. Mahalla machitining 
minorasidan bobomning baland, toza, yangragan ovozi eshitiladi (Oybek). 4. Sobir 
baqqolning do‘koniga bir zum ag‘rayapman, eski, pachoq qul torozini o‘ynagim 
keladi (Oybek). 5. O‘zi Samarqandga qarab yo‘lga chiqish oldidan tiniqib olish 
maqsadida daryo bo‘yidagi chorbog‘ tomon ketdi (X.Davron). 6. Muqaddas teskari 
qarab turgan bo‘lsa ham, men uni darrov tanidim (O.Yoqubov). 7. Yomonlikka 
adolat, yaxshilikka yaxshilik bilan javob berishga to‘g‘ri keladi (X.Davron).

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin