122
Dilshodlar ham ana shu erda edi.Qushlarning rangi ajoyib: oq, pushti, qora, qizil.
Otliqlardan
uchtasini
: Ergashni, Obidni va Ahmadni tanidim.
Tabiat hodisalari
:
shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Ko‘rganlarim, eshitganlarim
– hammasi
esimda.
Uyushiq bo‘laklar
orasida va ham, ammo, biroq lekin, goh-goh, dam-dam, na-
na
kabi teng bog‘lovchilar ishlatiladi yoki tenglanish ohangi qo‘llanadi.
Mashq.
Yozuvchi Said Ahmad asarlaridan uyushiq bo‘lakli gaplarga
keltirilgan misollarni tahlil qiling.
1. Ayriliq, cheklanish, iztirob damlarida inson bitta maqsad bilan yashaydi. 2.
Shu zaylda kulgi bilan, qo‘shiq bilan ish davom etadi. 3.
Mirtemir jon-tani bilan,
vujud-vujudi bilan, sabr-bardoshi, o‘y-tuyg‘ulari bilan shoir edi. 4. U erta bilan
Ko‘kcha
bozoriga borib bolalarga qatiq, qaymoq, issiq non xarj qilib kelardi. 5.
Ularning ijod jarayonlarini, xususiyatlarini, xalq og‘ziga tushib qolgan qo‘shiqlarini,
har bir xonadonning mulki bo‘lib qolgan kitoblarining qay tariqa yaratilganini tarixga
qoldirishimiz kerak. 6. Bu she’r ulkan shoirning falsafiy qudratini, so‘z
san’atkorligini, hayot hodisalarini nihoyat chuqur bilishini namoyish qilgan edi. 7.
O‘.Umarekovning fikr doirasi kengligi, ko‘p o‘qiganligi, o‘zini tutishi,
odobi unga
yoqdi.
Mashq.
Berilgan misollar orasidan uyushgan aniqlovchi va uyushgan
to‘lidruvchilarni ajrating. Bu uyushgan bo‘laklar qanday vositalar orqali bir-biri bilan
birikkanligini tushuntiring.
1. O‘ktam O‘zbekistonning tabiatini, paxtasini va xilma-xil mevalarini ta’rif
etar edi (Oybek). 2. Ko‘katlar, gullarning hidi dimoqqa gup etib urar edi. 3. Tip-tiniq,
musaffo Andijon osmonini to‘ldirib yulduzlar porlardi (P.Qodirov). 4.
Baland
teraklar, serquloch qayrag‘ochlarning uchlarida yulduzlar chaman-chaman yonadi
(Oybek). 5. Hamidaxon goh singlisiga, goh To‘tiqizga qarab quvonar edi. 6. U
kosiblar, kambag‘allar, soatsozlar,
kulollar bilan suhbat qiladi; sulhdan, hayotdan,
ishdan so‘zlaydi (Oybek). 7. Ko‘klamning mayin shabadalari ko‘m-ko‘k yaproqlarni
asta tebratmoqda.
Dostları ilə paylaş: