Tillar va adabiyot kafedrasi


-DARS: KIRISH VA KIRITMA QURILMALI GAPLAR



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

27-DARS: KIRISH VA KIRITMA QURILMALI GAPLAR 


124 
So‘zlovchi o‘z fikrini bayon qilish jarayonida ba’zan gapdagi fikrga turli 
munosabatini ishonch, gumon, taxmin, ishonchsizlik kabi turli modal ma’nolarni 
qo‘shib ifodalaydi. 
Bunday vazifada ayrim so‘zlar, so‘z birikmalari kela oladi. 
Bular quyidagi modal ma’nolarni ifodalashi mumkin: 
– 
tasdiq, ishonch
ma’nolarini bildiradi: 
albatta, haqiqatan, darhaqiqat 
kabi. 
– 
gumon 
ma’nosini bildiradi: ehtimol, chamasi, balki kabi. 
– 
shodlik, xursandchilik
ma’nosini bildiradi: 
xayriyat, shukurki, nihoyat, 
baxtimga
kabi. 

afsuslanısh
ma’nosini bildiradi: 
afsus, attang, essiz
kabi

taajjub
ma’nosini bildiradi: 
hayhot, ajabo, voajab
kabi. 

fikrning kimga qarashliligini
bildiradi: 
menimcha, uning aytishicha 
kabi. 

fikr tartibini
bildiradi: 
birinchidan, ikkinchidan, uchinchidan
kabi. 

fikrni xulosalash
ma’nosini bildiradi: demak, xulosa qilib aytganda kabi. 
Modal so‘zlar, sifat, son, ot, undovlar, kirish qurilma vazifasida keladi.
Bunday so‘zlar ikki xil vazifada ishlatiladi: 
1) 
faqat kirish qurilma vazifasida qo‘llanadi

albatta, balki, attang, afsus, 
birinchidan, demak
kabi. 
2
) ham kirish qurilma, ham gap bo‘lagi bo‘la oladi

to‘gri, rost
kabi. 
Kirish qurilmalar tuzilishiga ko‘ra sodda va birikmali holda qo‘llanadi. 
Sodda kirish qurilmalar bir so‘zdan tuzilgan bo‘ladi. Albatta, chamasi, ehtimol, 
shubhasiz kabi. 
Birikmali kirish qurilmalar birdan ortiq so‘zlardan tashkil topgan bo‘ladi: 
uning aytishicha, mening fikrimcha, qisqasini aytganda kabi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin