Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Mashq.
Berilgan misollar orasidan qo‘shma gaplarni ajratib ko‘chiring. 
Qo‘shma gaplar nechta gapdan tuzilganligini aytib bering. 
1. Haydar ariq labiga cho‘nqayib, muzday suvga yuz-ko‘zlarini yuvdi, biroq 
ko‘nglidagi g‘uborni muzday suv ham tarqata olmadi (O.Yoqubov). 2. Beruniy boshi 
garang, tili lol, churq etmay o‘tirar edi (O.Yoqubov). 3. Cho‘lpon oyog‘i ostida 
daryodek oqayotgan suvga qarab, vahmi kelar, otining jilovini bo‘sh quyib, yo‘ldoshi 
ketidan orqama-orqa ehtiyotlik bilan borardi (M.Qoriev). 4. Po‘lat qoplangan zalvorli 
eshik asta g‘ichirlab ochildi-yu, qorong‘i bo‘shliq ko‘rindi (O.Yoqubov). 5. Kuchli 
bo‘ron daraxtlarning shoxlarini tebratdi va ko‘kdan bahorning marvarid tomchilari 
toma boshladi (H.G‘ulom). 6. Avgust oyi tamom bo‘lishi bilan, qisqa muddatli 
kurslar yopila boshladi (A.Qahhor). 7. Bizda hissiz yozilgan, nuqul aql sotadigan, 
kitobxonni adabiyotdan bezdiradigan sovuq kitoblar oz emas (A.Qahhor). 8. Fosih 
afandi podshoh xazinasini o‘g‘irlagan dovkor o‘g‘rini tutib kelayotgandek, samanda 
kekkayib kirib bordi (M.Ismoiliy). 


126 
Qo‘shma gaplar
tuzilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: ikki qismli qo‘shma 
gaplar va ko‘p qismli qo‘shma gaplar. 
Ikki qismdan tashkil topgan qo‘shma gaplar tarkibida ikkita gap mavjud 
bo‘ladi: 
1. O‘qituvchilar kelishdi va mashg‘ulotlar boshlandi. 2. Hamma yig‘ilsa, 
yig‘ilishni boshlaymiz.
Misollarning har ikkisi ham ikki gapdan (qismdan) tuzilgan. 
Lekin ularning mazmun munosabati va biriktiruvchi yordamchilarning qo‘llanishi har 
xil: birinchi gapda tenglanish munosabati mavjud, shuningdek, uning qismlari teng 
bog‘lovchi –
va 
orqali birikkan. Ikkinchi gapda tobelanish munosabati mavjud bo‘lib, 
xar ikki gap fe’lning shart mayli shakli orqali birikkan. 
Shunga ko‘ra bunday qo‘shma gaplar ikki turga bo‘linadi: 
1.
Bog‘langan qo‘shma gaplar. 
2.
Ergashgan qo‘shma gaplar. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin