131
Mashq.
Berilgan gaplar orasidan teng bog‘lovchilar orqali birikkan bog‘langan
qo‘shma gaplarni ajratib ko‘chiring. Har bir komponentdagi bosh bo‘laklarni
aniqlang. Bog‘langan qo‘shma gaplarning yordamchilarsiz birikkan turini ham
belgilab, ularni alohida ko‘chirib yozing.
1. Yaxshidir achchiq haqiqat, Lek shirin yolg‘on yomon. 2. Onda-sonda
mashinalar o‘tib qolar, ularning ham ovozi bo‘g‘iqroq chiqayotganga o‘xshardi
(O‘.Hoshimov). 3. Musaffo osmonda tog‘larning har bir qirrasi ko‘rinar, hamon iliq
shamol esardi (O‘.Hoshimov). 4. Toshni maydalab qumga aylantirish uchun bir
lahza kifoya, biroq qum toshga aylanishi uchun ming yil ham yetmaydi. 5. Odamlar
oldida uyalishing yaxshi fazilatdir, ammo bundan ham afzali o‘zing o‘zingdan
uyalishingdir. 6. Elmurod avvalgidan ko‘ra ancha engillashgan-u, ammo boshi hamon
og‘riydi. (Shukrullo) 7. Derazaning narigi yog‘ida shapaloq-shapaloq yong‘oq
barglari ohista silkinib turar, tashqaridan qaldirg‘ochlarning shodon sayragani
eshitilib turardi (O‘.Hoshimov). 8. Bulbul sayraydi gulda, havas qaynaydi dilda
(Qo‘shiq).
Dostları ilə paylaş: