Tillar va adabiyot kafedrasi


-DARS: ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
31-DARS: ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLAR 
Ergashgan qo‘shma gaplar
ikki teng bo‘lmagan qismlardan tuzilib, bir gap 
ikkinchi gapga tobelanib, undagi biror bo‘lakning ma’nosini konkretlashtirib keladi. 
Misol: 1. 
Shuni bilingki, biz doim halollikni qadrlaymiz. 2. Kim adolatli bo‘lsa, u 
doim qadr topadi. 
Keltirilgan misollarning birinchisida ergash gap (biz doim halollikni 
qadrlaymiz) bosh gapdagi to‘ldiruvchi 
(-shuni
so‘zi)ning ma’nosini konkretlashtirib 
kelgan. Ikkinchi misolda esa ergash gap (kim adolatli bo‘lsa) bosh gapdagi ega (
u
so‘zi)ning ma’nosini konkretlashtirib kelgan. 
Ergashgan qo‘shma gaplar bosh gap va ergash gaplardan tashkil topadi. Ergash 
gap bosh gapga tobe bo‘lib, uning biror bo‘lagini yoki butun bir gapni izohlaydi, 
konkretlashtirib keladi. 
Ergash gaplar bosh gapga ergashtiruvchi bog‘lovchilar fe’lning ravishdosh, 
sifatdosh, harakat nomi shakllari; fe’lning shart, buyruq mayli shakllari; ayrim 
yuklamalar va ko‘makchilar orqali birikib keladi. 
Ergashgan qo‘shma gapning turlari:
ega ergash gapli qo‘shma gap, kesim 
ergash gapli qo‘shma gap, aniqlovchi ergash gapli qushma gap, to‘ldiruvchi ergash 
gapli qo‘shma gap, ravish ergash gapli qo‘shma gap, payt ergash gapli qo‘shma gap, 
o‘rin ergash gapli qo‘shma gap, sabab ergash gapli qo‘shma gap, maqsad ergash gapli 
qo‘shma gap, shart ergash gapli qo‘shma gap, to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gap, 
natija ergash gapli qo‘shma gap. 
 
Ega ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan 
eganing ma’nosini ochib beradi.
Misol:
Kimki zo‘r ishlarga layoqatli bo‘lsa, u tilini tiygan bo‘ladi. Kimki 
yomonlar suhbatidan qochsa, u yaxshilar suhbatiga erishur. Kimki bilimiga tayansa, 
u doimo kamol topadi
.


132 
Misollardan ko‘rinadiki, ega ergash gap bosh gapda ega vazifasida kelgan 
olmoshning (
u
so‘zining) ma’nosini ochib bergan. 
Ega ergash gap ba’zan bosh gapda qo‘llanmagan «tushib qolgan» eganing 
ma’nosini konkretlashtirib keladi. Bunday holatda avval bosh gap, keyin ergash gap 
keladi.
Misol: 
Yo‘lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu erda hamma daraxtlar bir chiziq 
ustida saf tortib turardi
. (Oybek) 
Qutbga tushida ayon bo‘lurki, Shayboniyxonning 
qilichini amir Zunnunbek sindirurlar.
(P.Qodirov) Bu har ikki misoldan ko‘rinadiki, 
ega ergash gap bosh gapdagi «tushib qolgan» eganing ma’nosini izohlagan. 
Ega ergash gap bosh gap bilan fe’lning shart mayli shakli va –ki yordamchisi 
orqali birikib keladi. 
Misol: 1. 
Kimki o‘rganishni uyat, or demas, Suvdan dur topadi, toshdan la’l, 
olmos
. (Nizomiy Ganjaviy) 2. 
Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi
. 3. Kimki 
qanoat birlan shod bo‘lsa, u o‘lguncha aslo tashvish ko‘rmaydi. 4. Kimki o‘z 
yaxshiliklarini birovga minnat qilmasa, u haqiqiy jannat bandasidir. 5. 
SHunisi 
ko‘pdan ma’lumki, ular doim beparvolik bilan yashaydilar
. 6. 
Kim hunarni desa, u 
dono bo‘lur, Nodonlar qudrat deb boylikni bilur
. (A.Jomiy). 
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan ega ergash gapli qo‘shma gaplarni 
ajrating. Ergash gap bosh gap bilan qaysi xil biriktiruvchi vosita orqali bog‘langanini 
ayting. 
1. Har kishi nafsining asiri bo‘lsa, u ojizlar mulkiga cho‘zadi qo‘lin. 2. 
Kimdakim sening aybingni yuzingga aytsa, u sening haqiqiy do‘sting. 3. Kimki o‘z 
vataniga sadoqatli bo‘lsa, u doim xalq olqishida bo‘ladi. 4. Kimki bilimdonligi va 
donoligini ko‘z-ko‘z qilsa, unda bilimdonlik ham yo‘q, donolik ham yo‘q. 4. Kim 
jumlani buzib gapirsa, uning fikri ham chalkash bo‘ladi. 6. Qaysi kishi maqtanchoq 
bo‘lsa, o‘sha kishining ko‘ngli harvaqt xijolatda bo‘ladi. 7. Kimki jinoyatning oldini 
olishga imkoni bo‘laturib, uni qilmasa, u jinoyatni raQbatlantirgan bo‘ladi. 8. 
Kimdakim ota-onasini rozi qilsa, unga tole yor bo‘ladi. 8. Kimki jinoyat qilsa, u 
albatta, jazosiz qolmaydi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin