Tillar va adabiyot kafedrasi


To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish olmoshi bilan 
ifodalangan to‘ldiruvchining ma’nosini ochib beradi. 
Misol: 1. 
Ma’lumotlar hammasi shuni ko‘rsatadiki, Jomiyning pand-nasihat 
bilan bog

liq asarlari chinakam badiiy asarlardir. 
2. 
Sizga shuni bildirib qo‘yayki, 
Iskandar faqat men bilan boradi
(Oybek). 3. 
Shuni ham aytib qo‘yish kerakki, 
Anvarning dunyoga kelishini birdan-bir tabrik etib suyingan shu Nodira edi
(A.Qodiriy). 
Misolllardan ko‘rinadiki, to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapdagi ko‘rsatish 
olmoshi bilan ifodalangan 
shuni
so‘zini izohlagan. 
To‘ldiruvchi ergash gaplar ayrim vaqtda bosh gapdagi qo‘llanmagan 
to‘ldiruvchining ma’nosini ochib beradi.
Misol: 1. 
Muyassar yaxshi biladiki, oson ishda lazzat bo‘lmaydi
. 2. 
O‘ylaymanki, Zaynab to‘g

ri aytadi
(A.Qodiriy). 3. 
Mashrab hali-hali eslaydiki, 
Ashrafjon bir kun uning qo‘liga allaqaysi kitobni tutqazib, Barnoga olib borib 
berishini iltimos qildi
(O.Yoqubov). 
Misollardan ko‘rinadiki, to‘ldiruvchi ergash gap bosh gapda qo‘llanmagan 
to‘ldiruvchilarning ma’nosini konkretlashtirib kelgan. 
To‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gap bilan ko‘pincha 
–ki
yordamchisi orqali 
birikadi. Misol: 
Ishonamanki, u erda sizni yaxshi kutib olishadi 
(Oybek).
 Men qat’iy 
ishonch bilan aytamanki, biz ko‘zlagan maqsadimizga, albatta erishamiz. 
Ayrim vaqtda to‘ldiruvchi ergash gaplar bosh gap bilan 
fe’lning shart mayli 
shakli, -mi yuklamasi
orqali ham birikishi mumkin. Misol: 
1. Siz nimani 
buyursangiz, biz shuni bajaramiz. 2. Bilasizmi, xo‘jayinning Nuriy degan qizlari bor
(Oybek). 3. 
Bilasizmi, ayol kishi ostona poylab jigarini kutadi
.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, to‘ldiruvchi ergash gap bosh gap bilan 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin