137
o‘qish degan gap emas (G‘aybulla As-salom). 8. Ubaydulla dili yayrab «Sadoi
Turkiston»ning yangi soni bilan tanishib chiqdi (A.Qahhor).
Mashq.
Taniqli yozuvchi S.Ahmad asarlaridan olingan misollarni sodda yoki
qo‘shma gap ekanligini, qo‘shma gapning qaysi turi ekanligini aniqlang.
1. Uning rangi oqarib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo alpozda o‘tirardi. 2.
Betiga qora surtib, eshakka teskari mindirib qishloqdan chiqarib yuborishdi. 3.
Bironta roman o‘qimay, adabiyot nazariyasini mutlaqo bilmay, atrofda bo‘layotgan
voqealarni tahlil qilmay yozuvchi bo‘lmoqchimisiz? 4. U yuzlarini ikki qo‘li bilan
to‘sib, o‘ksib yig‘lab yubordi. 5. Ko‘rpani boshimga tortib, ezilib-ezilib yig‘layman.
6. Men, umuman, Abdulla Qahhor haqidagi xotiralarimni biron hujjatga qaramay,
misollarni kitobdan ko‘chirmay jonlantirmoqchiman. 7. Kampir bu tovushlarga bir
dam quloq tutib, boshini tebratib kulib qo‘yadi. 8. Kon atrofidagi atrofi tikonli sim
bilan o‘ralgan maydonchada qorga ko‘milib, och-nahor o‘tirib tuman tarqalishini
kutardilar. 9. Faqat Qahhorgagina xos bo‘lgan, eshitgan odam bir umr esidan
chiqarmaydigan qilib aytardi. 10. Qo‘shni hovlilardan maktabga ketayotgan
bolalarning injiqliklari, xarxashalari, onalarining yalinib-yolvorishlari eshitilib
turibdi.
Dostları ilə paylaş: