Tillar va adabiyot kafedrasi


Payt ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Payt ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi voqea-hodisaning 
bajarilish vaqtini bildiradi. 
Payt ergash gap bosh gapga ko‘pincha ravishdoshning 
–(i)b, -gach, -guncha, -
may
affikslarini olgan shakllari orqali birikadi. 
Misol: 1. Hujra eshigi 
ochilib
, ichkariga biri orqasidan biri - Qobilboy bilan 
Safarboy kirdilar (A.Qodiriy). 2. Humoyun qirg‘oqqa suzib 
chiqquncha
, Bobur 
ayonlari bilan yetib keldi (P.Qodirov). 3. Oradan ikki kun 
o‘tgach,
Siddiqjonning 
nomiga birdan uchta tabrik telegrammasi keldi (A.Qahhor). 4. Ular masjiddan shomni 
o‘qib 
kirgach,
ichkaridan Oybodoq kechlik olib chiqdi (A.Qodiriy). 5. Oradan ko‘p 
vaqt o‘tmay dugonalar yana uchrashib qolishdi. 
Payt ergash gap bosh gapga sifatdoshning 
–gan
affiksini olgan shakli va 
kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar bilan birga qo‘llangan shakli orqali 
birikishi mumkin. 
Misol: 1. Tolibjon ular oldidan 
o‘tganda,
unga e’tibor berishmadi (S.Ahmad). 
2. Ali Qushchi Ko‘ksaroyga etib 
borganda,
Mirzo Ulug‘bek o‘zining sarkardalari 
bilan suhbatlashar edi. 3. Ular Olmozor etagidagi so‘qmoq yo‘lga 
burilishganda

quyosh tog‘ ortidan endigina mo‘ralay boshlagan edi (O‘.Umarbekov). 4. Men shu 
shaharga 
kelganimdan
beri, bironta noxush hodisa yuz bergani yo‘q. 
Payt ergash gap bosh gapga fe’lning harakat nomi-shakli va bilan ko‘makchisi, 
fe’lning shart mayli va boshqa turli yordamchilari orqali birikishi mumkin. 
Misol: 1. Sedona Mirvalining mashinasi pastda to‘xtashi bilan manti qozonni 
gazga qo‘ygani yo‘q (S.Ahmad). 2. Muhammad Jamol chiqib ketishi bilan, Ahmad 
Husayn Iskandarovning yoniga borib o‘tirdi (Oybek). 3. Choyni ichib bo‘lar-bo‘lmas, 
mashinaning ovozi eshitildi (H.G‘ulom). 4. Chevar qiz buyurilgan libosni tikib 
bo‘lganicha yo‘q ediki, buyurtmachi kelib qoldi (N.Aminov). 5. Xonaga kirsam, hech 
kim yo‘q ekan. 


138 
Mashq.
Misollardan payt ergash gapli qo‘shma gaplarni ajratib ko‘chiring. 
Payt ergash gap bosh gapga qanday yordamchi bilan birikkanligini aniqlang. 
1. Ular chinniy qasrga kirishganida, saroy ahli taxt mulozamatini bajo 
keltirmoqka shaylanib turadi (T.Malik). 2. General haykallardan birining bog‘ichidan 
tortgan edi, boshiga ro‘mol tashlagancha uzoq-uzoqlarga mayus termilib o‘tirgan ona 
paydo bo‘ldi (O‘.Hoshimov). 3. Katta leytenant Sergeyning yordamida uni ayvonga 
olib chiqishlari bilan, u o‘zini Asad Qoriga tashladi (H.G‘ulom). 4. Uzun 
xiyobonning o‘rtasiga borganimda, chap tomondagi skameykalarning birida o‘tirgan 
ikkita qiz o‘rinlaridan turishdi. 5. Uning ovozi hali bosilmasdanoq ikkinchi 
g‘aramdan xuddi shu yo‘sinda Akmal boshlab chiqdi (O.Yoqubov). 6. Anvar 
mahdumning mahallasiga etganda, kishi tanimaslik darajada qorong‘u tushdi 
(A.Qodiriy). 7. Ibn Sino Registon maydoniga kelganida, ko‘nglini ezayotgan shubha 
haqiqat bo‘lib chiqqan edi. 8. Quyosh chiqqach, bulutlar tarqadi-ketdi. 9. Sinfdan 
chiqayotganimda, qizlardan biri yonimga kelib, mudir afandi nima uchun bunday 
deganligini tushuntirib berdi («Choliqushi»). 10. Saidiy boshqarmaga kelganda, 
indamas Yoqubjon allaqachon muharrirning yonidagi sersavlat bir stolda qog‘ozlar 
ichiga ko‘milib o‘tirar edi (A.Qahhor). 
Mashq.
Keltirilgan misollardagi payt ergash gapli qo‘shma gaplarda ikki 
komponentni biriktirish uchun ishlatilishi lozim bo‘lgan tushirib qoldirilgan 
yordamchilarni topib yozing. 
1. Saida kechqurun hujrasini berkitib olib xatni yozishga kirish..., Umida o‘rtoq 
Nosirov kelganligidan darak berdi (A.Qahhor). 2. O‘ychi o‘yini o‘yla..., tavakkalchi 
ishini bitirar (Maqol). 3. Masjid minorasidan ruhoniyat yog‘dirib munglik azon 
tovushi eshitil..., uyqu quchog‘ida yotqon tabiat uyg‘onib javob bergan kabi jong‘irab 
ketdi (A.Qodiriy). 4. Bu dardkashni qoniqtirma..., hargez orom olma (Oybek). 5. 
Kitoblar ko‘rikdan o‘t..., Husayn Boyqaro majlisni ziyofatga taklif etdi (Oybek). 6. 
Kechqurun jamoat jam bo‘l..., g‘azabdan ko‘karib ketgan kampir etti pushtidan 
qolgan uch boylam vasiqani o‘rtaga ko‘tarib urdi (A.Qahhor). 7. Robiya oyimning 
qo‘llarini bo‘ynimdan ajratib olayot..., vujudim titrab ketdi (O‘.Hoshimov). 8. Bir 
mahal eshik g‘irchillab ochil..., Dadaboy amaki kirib keldi (O‘.Umarbekov). 9. 
Dildor suvdan chiqib kiyinayotgan..., Nizomjon uning yuziga qaramay ming‘illadi 
(S.Ahmad). 10. Dasturxon yozil..., tandirdan hozirgina uzilgan shirmoy non keltirib 
qo‘yildi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin