Tillar va adabiyot kafedrasi


Shart ergash gapli qo‘shma gaplar



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Shart ergash gapli qo‘shma gaplar 
Bunday qo‘shma gaplarda ergash gap bosh gapdagi ish-harakatning yuzaga 
kelishidagi shartni bildiradi. Shart ergash gap 
fe’lning shart mayli shakli, -gan 
affiksini olgan sifatdosh+da (-ganda) yordamchisi, -(a)r affiksini olgan 
sifatdosh+ekan to‘liqsiz fe’li va boshqa xil yordamchilar 
orqali bosh gapga birikadi. 
Misol: Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal 
etilsa
, ijtimoiy, 
siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi. Elning, yurtning baxti barqaror 
bo‘lsa
, saltanat ham 
barqaror bo‘lur (Abu Iso Termiziy). Ungur chuqurlashgan sari qoziqlar shu zaylda 
qoqib 
borilsa
, yo‘ldan adashmaymiz (M.Ismoiliy). Agar ayb faqat bir tomondagina 
bo‘lganda
, urushlar uzoq davom etmas edi. Agar aql 
bo‘lmaganda
edi, oyoqda tinim 
bo‘lmasdi. Agarda siz 
siqilar
ekansiz, hali ham Toshkandda qolmasligingiz menga 
ma’qul ko‘rinadir (A.Qodiriy). 
Ba’zi vaqda shart ergash gapdagi shart mazmunini yanada kuchaytirib 
ifodalash uchun 
agar, bordi-yu, mabodo
yordamchilari qo‘shib ishlatiladi.
Misol: Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur 
bag‘ishlaydi, baxt keltiradi. Mabodo G‘ozixon shikast yesa, ko‘pchilik beklar bo‘yun 
egurlar (P.Qodirov). Bordi-yu biz o‘z vaqtida xabar yetkaza olmasak, albatta, 
o‘zingiz yo‘lga chiqarsiz. 
Mashq.
Keltirilgan misollar orasidan shart ergash gapli qo‘shma gaplarni 
ajratib, ular tarkibidagi biriktiruvchi vositalarni belgilab bering. 
1. Yer qattiq bo‘lsa, ho‘kiz ho‘kizdan ko‘rar (Maqol). 2. Dangasaga ish 
buyursang, senga aql o‘rgatar (Maqol). 3. Shu shartlar bajarilsa, shoh Ismoilning 
beklari o‘z qo‘shinlarini Movarounnahrdan olib chiqib ketishga ko‘nar edilar 
(P.Qodirov). 4. Hurmat qilsang, hurmat topasan (Maqol). 5. O‘qituvchilar xonasidan 
o‘tib, yuragi po‘killagancha eshikni taqillatdi (O‘.Hoshimov). 6. Tashqaridagi shamol 
kuchayib, deraza ortidagi tollarning shoxi qisirlab ketdi (O‘.Hoshimov). 7. Lola 
daraxtining urug‘lari bundan bir necha yil avval Amerikadan Toshkent-Botanika 
bog‘iga keltirilgan edi. 8. Istagim shuki, jumhuriyatimiz xalqlari inson chehrasidagi 
bir juft ko‘z kabi jon tomiri bilan bog‘lanib yashasin. 9. Hosilimiz bo‘lsa to‘kin, 
Tuylarimiz to‘xtamas (H.Sharipov). 10. Agar barloslar ham muvofiq topsalar, uni 
qozi tayin etmoqni va’da berdi (Oybek). 11. Yer haydasang, kuz hayda, kuz 
haydamasang, yuz hayda (Maqol). 
Mashq.
Misollar orasidan ergashgan qo‘shma gaplarni topib, tushirib 
qoldirilgan o‘rinlarga ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi vositalarni qo‘ying va 
gaplarni qaysi xil ergash gapli qo‘shma gap ekanligini belgilang. 


142 
1. Agar butun qiyinchilik shu yolg‘iz do‘pillashni hazm qilishdan iborat bo‘l..., 
Murodxo‘ja domla «tosh yutdim» deb qo‘ya qolar edi. 2. Oqibat yaxshi bo‘l..., 
qo‘limdan sira chiqarmayman (Oybek). 3. Muhabbati evaziga baxt quyoshi unga 
jilmayib boqdi..., butun dunyo yashnab ketgandek bo‘ldi (O‘.Hoshimov). 4. Oyoqlari 
titra.., ko‘zlari g‘azabdan qizarib ketdi (O‘.Hoshimov). 5. Agar shu ko‘rganlarini 
hikoya qilib ber..., Iskandarov bunga ishonmasligi mumkin. 6. Soxta kamtarlik 
manmanlik kabi qabohatdir, ... u manmanlikning eng pinhona nayrangidir. 7. Kim 
ravshan fikrla..., u ravshan bayon etadi. 8. Qanoat har kimning bo‘l.. yo‘ldoshi, G‘am 
bilan egilmas hech uning boshi. 9. Donolar aytadilar..., badmastga xush davo bo‘lar 
shapaloq. 10. Erta tur..., ishing rivoj topadi.

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin