Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Mashq.
Tinish belgilarni qo‘yib ko‘chiring. 
1. Iroda insonning qudrati sevishi va sevilishi nafrati va quvonchi vafosi va 
ishonchi demakdir. 
(J.Abdulllaxonov)
2. Unga Vatanining ishi tushibdimi demak u 
etuk fuqaro. 
(H.G‘.)
3. Bu o‘simliklarga doir qalingina kitob edi. 
(O.)
4. 
Oqshomdagina ko‘chalarda bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. 
(O.)
5. 
Ilm daraxtini yaxshi parvarish etib yurt tuprog‘iga chuqur tomir yoydirmog‘imiz va 
undan mo‘l hosil olmog‘imiz kerak. 
(O.)
6. Olmalar anoru anjirlar shaftoli behilar 
giloslar g‘aynolilar
 
noklar kamolga etdi. 
(H.G‘.) 
7. Tashqari gullarga ko‘milgan 
sadarayhonlar qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. 
(O.)
8. Biz uchun 
suvi kul rang dengiz farzandlari uchun bu bir jonli afsona. 9. Mulla Abdulhay qulluq 
qiling yetti uxlab tushingizga kirmagan baxt qushi boshingizga qo‘ndi. 
(H.G‘.) 
10. U 
bog‘da maysalar ustida dars tayyorlar edi. 
(SH.)
11. Baxtimizga shimoldan bir oz 
shamol esa boshladi. 12. Temurning ketidan mash’al olib kirdilar shu on uyning ichi 
yorishib ketdi. 13. A’lo mamlakatning a’lo farzandi Bilib qo‘yki seni Vatan kutadi. 
(G‘.G‘.) 
14. O‘n gektar erning atrofi jamoat binolari idora bog‘cha maktab radiouzel 
va boshqalar bilan o‘rab olingan. 
(S.N.)
15. Xayr o‘g‘lim oq yo‘l bo‘lsin Xayr ko‘zim 
qorasi Bilkim jangda bilinadi Mard yigitning sarasi. 
(H.O.)
16. Qirg‘iz O‘roz 
belbog‘iga mahkam chandib tugilgan bittagina so‘lkavoyni kim biladi buni 
qachondan beri saqlab kelgan chiqarib sekingina tashladi. 
(O.)
17. Jismimiz yo‘qolur 
o‘chmas nomimiz. 
(H.O.)
18. Lekin shuni esda tutki shoshilish befoyda kechikish 
xavflidir. 


152 
Mashq.
Tinish belgilarini qo‘yib, kerakli o‘rinlarda kichik harfni bosh harf 
bilan almashtirib, gaplarni ko‘chiring. Vergul, tire, qo‘shtirnoqlarning ishlatilishini 
tushuntiring.
1. O‘zbekning o‘z xalqiga qilgan xizmati uning paxtachilik rivojiga qo‘shgan 
hissasi bilan o‘lchanadi deya o‘z so‘zini dabdaba bilan tugalladi Halilov. 
(I.R.)
2. 
Mehmonlarga har nav shirinliklar pista bodom quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. 
(O.)
3. Komiljon bilan Tat’yanani chaqiringlar dedi u qabulxonadagi xodimasiga. 
(I.R.)
4. Bularning oralarida shoiralar g‘azalxonlar sozanda qiziqchi va raqqosalar 
bo‘lardi. 
(N.S.)
5. Tog‘da ham pastda ham qishloqda ham dalada ham hamma erda 
fidokorona mehnat tantana qilardi. 6. Kitob sehrli ko‘zgu borliq unda namoyon. 
(J.Jabborov)
7. Vatan tinch sen tinch. 
(Maqol)
8. Mehnatni Vatanni hayotni sevish 
uning oddiy xislatlaridan
. (U.)
9. Atrofni qurshagan tog‘lar qirlar daraxtlar hamma 
narsa bahor havosiga cho‘milganday tiniq yam-yashil ko‘rinadi. 
(H.N.)
10. Uning 
ajoyib bir gapi bor inson doimo ilmga intiladi ilmga bo‘lgan tashnalik so‘nishi bilan u 
insonlikdan chiqadi. 11. Suv yer elektr bular hayot bahoriga yangi go‘zallik va yangi 
nash’a bag‘ishlovchi kuchlar edi. 
(O.) 
12. Shuni yaxshi bilingki Sobir Umarovich 
sizning joningiz xalq uchun davlat uchun kerak. 
(Ya.
) 13. Sizdan o‘rtoq To‘raboyev 
talabim shu! 14. Otashin shoirimiz Hamid Olimjon men xalqimning yuragida 
yashayman deb yozganida to‘la haqli edi. 15. Diling oq niyating xolis rahmdilsan, 
do‘stim. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin