Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
Mashq.
Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida namunadagidek gaplar tuzing.
Namuna: Ma’lumotnoma shahar soliq boshqarmasiga taqdim etish uchun 
berildi. 
Oliy o‘quv yurtiga, kasaba uyushmasiga, Qo‘qon shahridagi 18-o‘rta maktab, 
ma’muriyatga, uy-joylardan foydalanish bolimiga, 316-bolalar bog‘chasiga, harbiy 
komissariatga, tuman ta’minoti boshqarmasiga, texnolog lavozimida, A.Nabiyev 
ko‘chasi 27-uyda, bolalar shifokori lavozimida, kontrakt-to‘lov asosida.
Mashq.
Yaqin qarindoshlaringizning ish joylari haqida o‘z tumaningizdagi 
biror idoraga malumotnomalar tayyorlang. 
HISOBOT 
Hisobot - muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ishlar yoki vazifa va topshiriqlar 
bajarilishi, xizmat va ilmiy safarlar yakunlari haqida ma’lumot beruvchi hujjat. 
Hisobotda keltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli hamda ishlab chiqarish, 
ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik bo‘lishi kerak. Hisobotning har bir bo‘limida 
taxminan quyidagilar yoritiladi: nima mo‘ljallangan edi, u qanday bajarildi, qanday 
yetishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak, aniq 
takliflar. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa uning sababi 
ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Ishlab chiqarish amaliy tajribasi haqidagi 
hisobotning asosiy qismlari: 
1. Hujjatning nomi. 
2. Hisobot nima haqida va qaysi davr uchun berilyapti. 
3. Hisobot beruvchining lavozimi, familiyasi, ismi va ota ismining bosh
harflari. 


169 
4. Amaliy tajriba qayerda o‘tdi va unga kim rahbarlik qildi.
5. Amaliy tajribachilar oldida qanday asosiy vazifalar qo‘yilgan edi. 
6. Amaliy tajriba rejasi, uning bandlarining bajarilishi (nima, qanday bajarildi), 
ishlar yakuni. 
7. Tarbiyaviy ishlar masalalari (qaysi vazifalar qanday o‘tkazildi, aniq nimalar 
qilindi). 
8. Yetishmovchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar. 
9. Umumiy xulosa, amaliy takliflar. 
10. Hisobot yozillgan sana. 
11. Hisobot tuzuvchining imzosi. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin