Tillar va adabiyot kafedrasi


kabi.  2. So‘zni metaforik qo‘llash usuli



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

 
kabi. 
2. So‘zni metaforik qo‘llash usuli
yordamida keng ma’nodagi predmet yoki 
harakat nomlari insonga nisbatan, uning tabiati va harakat belgilarini xarakterlashga 
mo‘ljallab ishlatiladi Bunday o‘xshatishda so‘zlovchining biror shaxsga yoki 
harakatga nisbatan yorqin hissiy munosabati ifodalanadi. Masalan, bulbul, lochin, 
qo‘chqor, ohu ijobiy hissiy munosabat ifodalaydi. To‘ng‘iz, eshak, akillamoq, 
sang‘imoq salbiy hissiy munosbat ifodalaydi.
3. Affiksatsiya usulida
bo‘yoqdorlik ma’lum qo‘shimcha morfema yordamida 
ifodalanadi. Buni morfologik ifodalanish
 
deyiladi.
 
Masalan, 
 
qizgina, qizcha, 
kelinchak, otajon kabi. Bu usulga ko‘ra so‘zga -
cha, -xon, -jon, -gina, -kay, -loq, -
chak, -voy (-boy), -oy, -bonu
kabi morfemalar qo‘shilib ijobiy emotsional ekspressiv 
bo‘yoqdorlik ifodalanadi.. 
4. Kontektual usuliga
ko‘ra so‘zni o‘z o‘rnida emas, boshqa o‘rinda qo‘llash 
asosida bo‘yoqdorlik hosil qilinadi. Buni kontekstual ifodalanish deyiladi. Kontekstual 
usulga ko‘ra asosan kinoya ma’nosi ifodalanadi. 
Masalan: 1. -Ha, polvon,
 
vazifani bajarmabdilar-ku! 2.-Qoyilman, yolg‘onni 
ham do‘ndirding.
 
Bu gaplardagi
 
polvon, qoyilman
 
so‘zlari o‘z o‘rnida emas, kinoya 
maqsadida, teskari ma’noda qo‘llangan. 
5. Fonetik usulga
ko‘ra so‘z tarkibidagi biror tovush orttirilishi orqali yoki 
urg‘uning o‘rnini o‘zgartirish orqali bo‘yoqdorlik hosil qilinadi. Bu ko‘proq og‘zaki 
nutqqa xos. Masalan, Avvolo yo‘l 
haqqini
to‘lang. Dushman 
yashshamagur
, ketdi.
 
Bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik 
Til birliklarining bir ma’noni anglatishiga 
monosemiya
, ko‘p ma’noni 
anglatishiga 
polisemiya
deb aytiladi. 
Polisemiya lug‘aviy birliklarga ham, grammatik birliklarga ham xos hodisadir. 
Grammatik polisemiyada grammatik birliklarning ko‘p ma’noliligi o‘rganiladi. 
Masalan, qo‘shimchalarning ko‘p ma’noliligi: 
ish

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin