Affiksal polisemiya . Affikslar ham xuddi so‘zlar kabi ko‘p ma’noli
(polisemantik) bo‘lishi mumkin. Bir turkumga tegishli bo‘lgan har xil ma’noni
bildiradigan birgina affiksga polisemantik affiks deyiladi. Masalan,
-chi, affiksi
turlicha shaxs oti ma’nolarini bildirib kela oladi.:
ishchi, traktorchi, o‘yinchi, gulchi, tarixchi, hikoyachi, sportchi, paxtakorchi kabilar;
-li, affiksi bir o‘rinda ega ekanlik
ma’nosini (
mevali, bolali, aqlli, kitobli ) bildirsa, ikkinchi o‘rinda ortiq darajada ega
ekanlik ma’nosini (yog‘li, suvli, shirali) bildiradi.
Affiksal omonimiya . Ma’no va vazifasiga ko‘ra turlicha affikslarning shaklan
teng kelib qolishiga affiksal omonimiya deyiladi. Affiksal omonimiyaning qo‘yidagi
ko‘rinishlari mavjud:
1. So‘z yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi. Bunda omonim affikslar
bir so‘z turkumi doirasida bo‘lishi ham, turli so‘z turkumlari doirasida bo‘lishi ham
mumkin. Masalan,
o‘r+oq (ot) – qo‘rq+oq (sifat), yashir+in (sifat) – erk+in (sifat), yon+g‘in (ot) – oz+g‘in (sifat), bilim+don (sifat) – qadr+don (sifat), soch+iq (ot) – chin+iq (fe’l) kabi.
2. So‘z yasovchi affiks bilan shakl yasovchi affiks shaklan teng kelib qoladi.
Masalan,
maqtan+choq (sifat yasovchi) –
qo‘zi+choq (otning kichraytish – erkalash
shakli),
o‘s+ma (ot yasovchi) –
qovur+ma (sifat yasovchi) –
o‘qi+ma (fe’lning
bo‘lishsiz shakli) kabi.
3. Shakl yasovchi affikslar shaklan teng kelib qoladi.
Masalan,
mashina+m, mashina+ng (otning egalik shakli),
o‘qidi+m ,
o‘qidi+ng (fe’lning shaxs-son shakli),
44
o‘qi+sh, yoz+ish (fe’lning harakat nomi shakli),
ishla+sh+di, kul+ish+di (fe’lning
birgalik daraja shakli) kabi.