Tillar va adabiyot kafedrasi



Yüklə 2,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/206
tarix11.11.2023
ölçüsü2,17 Mb.
#132016
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   206
902a44cc-6c37-484c-93e1-fe2daa60b528

Sintaktik usul
bilan qo‘shma, murakkab va juft sifatlar yasaladi. 
Qo‘shma sifatlar
birdan ortiq so‘z yoki so‘z shakllaridan tarkib topib, bir 
urg‘u bilan aytiladi va bir bеlgini ifodalaydi. Qo‘shma sifat qismlari yozuvda qo‘shib 
yoziladi: 
orombaxsh, rahmdil, tinchliksеvar, tеzoqar, ertapishar. 
Murakkab sifatlar
bitta murakkab bеlgini ifodalaydigan, alohida urg‘u bilan 
aytiladigan, birdan ortiq so‘z yoki so‘z shakllarining birikuvidan hosil bo‘ladi. 
Murakkab sifat qismlari ajratib yoziladi: 
qo‘li ochiq, ko‘zga yaqin, so‘zga chеchan



61 
Ayrim murakkab sifat qismlari orasidagi munosabat o‘ta zich bo‘lmaganligi 
uchun, ularning o‘rnini almashtirib qo‘llash mumkin bo‘ladi: 
oq ko‘ngil- ko‘ngli oq, 
sochi uzun-uzun sochli, ko‘ngli tor-tor ko‘ngilli

Juft sifatlar
bir umumiy bеlgi ifodalovchi ikki sifatning tеng bog‘lanishidan 
hosil bo‘ladi: 
ochiq-sochiq, qing‘ir-qiyshiq, uzun-qisqa, yaxshi – yomon, kattayu 
kichik, sog‘u salomat. 
Sifatlarning tuzilishiga ko‘ra turlari 
Sifatlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, murakkab, juft va takror holda 
qo‘llanuvchi shakllarga ega. 
Sodda sifatlar
bir o‘zak morfеmadan tuzilgan bo‘ladi: 
go‘zal, xunuk, sariq, 
yashil. 
Qo‘shma sifatlar
bir urg‘u bilan aytiladigan ikki so‘z shaklining 
qo‘shilishidan hosil bo‘ladi: 
ertapishar, shеryurak.
Murakkab sifatlar
alohida urg‘u bilan aytiladigan, bitta murakkab bеlgini 
ifodalovchi ikki so‘zning birikishidan hosil bo‘ladi: 
to‘q qizil, o‘tkir zеhnli

Juft va takror sifatlar
bir umumiy bеlgi ifodalovchi ikki sifatning tеng 
bog‘lanishidan hosil bo‘ladi: 
oq-qora, uzuq-yuluq, kattayu kichik, pastu baland; uzun-
uzun, og‘ir-og‘ir, chuqur-chuqur. 

Yüklə 2,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin