Tilshunoslik asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə44/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

SO‘Z TURKUMLARI

Har bir tilda so‘zlar turkumlarga ajratiladi. Bunda har xil prinsiplarga asoslaniladi. Ba’zan leksik ma’noni asosiy yetakchi belgi qilib oladilar, ba’zan morfologiyani yetakchi belgi qilib oladi.


Masalan; turkumga ajratishda rus tilida so‘zning morfologik belgilari hal qiluvchi rol o‘ynaydi, xitoy tilida esa leksik ma’no, sintaktik belgisi va gapda so‘z tartibi eng asosiy prinsip qilib olinadi.
Turkiy tillarda morfologik belgi, ayniqsa, so‘zning leksik ma’no va sintaktik xususiyati asos qilib olinadi.
Har bir tilda so‘z turkumlari til bilan bir xil vaqtda paydo bo‘lishi shart emas, har bir tilda so‘z turkumlarining soni har xil: rus tilida 10 ta, o‘zbek tilida 11 ta, ingliz tilida 9 ta, uyg‘ur tilida 8 ta.
Ot eng qadimgi so‘z turkumi. Uning eng asosiy belgisi kelishiklar bilan turlanishidir. Ba’zi tillarda ot turlanmaydi, ko‘makchilar yordamida yoki so‘zlar orqali bog‘lanadi.
Sifatlar ba’zi tillarda leksik ma’nosi va gapdagi vazifasi bilan ajralib turadi. Sifatlar asliy va nisbiy bo‘ladi.
So‘z turkumlari ikki katta guruhga bo‘linadi: mustaqil so‘zlar va yordamchi so‘zlar. Mustaqil so‘z turkumlari quyidagilar: ot, sifat, son, olmosh, ravish, fe’l. Yordamchi so‘z turkumlari quyidagilar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama.


So‘z va so‘z turkumlarining morfologik tasnifi.
Har bir tildagi barcha so‘zlar o‘zlarining grammatik va simatik xususiyatlariga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratiladi.
Semantik prinsip so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratadi.
Morfologik printsip so‘z shakllarining o‘zgarishiga ko‘ra so‘z turkumlariga ajratadi.
Sintaktik printsip esa so‘zning sintaktik vazifasiga asoslanadi.
Qadimgi olimlar davridayoq so‘z turkumlarini ajratishda faqat shaklga emas, ma’noga ham e’tibor berish zarurligi ta’kidlangan edi.
Grek tilshunosi grammatikaga bag‘ishlashgan ishlarida shunday deb yozgan edi: “Fe’l kelishiksiz so‘z turkumi bo‘lib, u zamonda, shaxs-sonda o‘zgarishi va harakat hamda holatni ifodalashi mumkin”.
Hozirgi kunda kompleks prinsiplarga asoslangan holda so‘z turkumlari ajratiladi va bunda quyidagilar e’tiborga olinadi: 1) grammatika formalar va ma’nolar, ya’ni so‘z morfologiyasi; 2) so‘z leksik ma’nosining umumiy xarakteri; 3) so‘zning sintaktik vazifalari; 4)so‘z tarixi.
So‘z turkumlari leksik-grammatik kategoriya bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ot so‘z turkumini ajratishda ko‘rsatilgan xususiyatlarga e’tibor beraylik S.A.Abakumov shunday yozadi: “Ot predmetni ifodalovchi so‘z turkumidir. Predmetlik rus tilida morfologik jihatdan rod, son, kelishiklarda ifodalansa, sintaktik jihatdan sifat so‘z turkumi bilan aniqlanadi, lekin ravish so‘z turkumi bilan aniqlanmaydi; gapda ot ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol vazifalarida keladi.”
So‘z turkumlari – bu shunday razryadki, ular o‘z ma’no tuzilishi, grammatik kategoriyalari xususiyatlari, so‘z yasalishi, shakl yasalishi xususiyatlari, shuningdek, nutq jarayonidagi bajarilayotgan funktsiyalariga ko‘ra o‘zaro farqlanadilar.
So‘z turkumlari gap tarkibiga kirishib, gap bo‘laklariga aylanadilar. har bir so‘z turkumiga biron-bir sintaktik funksiya mos keladi. Masalan, ot aksariyat ega va to‘ldiruvchi vazifasida, sifat aniqlovchi vazifasida, ravish hol vazifasida, fe’l kesim vazifasida keladi.
Jonli nutq jarayonida so‘zlar yangi ma’nolar kasb etadi va o‘zgacha vazifalarda kelishi kuzatiladi. Tillarning o‘ziga xosligi tufayli turli tillar uchun yagona morfologik tasnif yaratish mumkin emas.
O‘zbek tili grammatikasini aytaylik, uni rus tili grammatikasi tipiga qarab yaratish mumkin emas.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin