Tilshunoslik asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə49/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

So‘z birikmasi
So‘z birikmasi sintaktik ta’limotning tarkibiy qismi bo‘lib, bunda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usullari, so‘z birikmalari va ularning tiplari o‘rganiladi.
Semantik va grammatik jihatdan o‘zaro sintaktik aloqaga kirishgan ikki yoki undan ortiq mustaqil so‘zlar so‘z birikmasi deyiladi.
So‘z birikmasi nutq formasi bo‘lib, ergashish va munosabatdorlashish asosida hosil bo‘ladi. Ergashish usuli bilan birikkan so‘z birikmalari hamda munosabatdorlashish asosida tuzilgan so‘z birikmalari, komponentining munosabatiga ko‘ra, o‘zaro farq qiladi.
Ergashish asosida tuzilgan so‘z birikmalari hokim va tobe bo‘lakdan iborat bo‘ladi: aniqlanib, to‘ldirilib kelinayotgan bo‘lak hokim, aniqlab, to‘ldirib kelayotgan bo‘lak tobe hisoblanadi. So‘roq hokim bo‘lakdan tobe bo‘lakka beriladi: Katta bino - qanday bino?
Munosabatdorlashish asosida tuzilgan so‘z birikmalarida har ikki komponent o‘zaro munosabatdor: biri biriga hokim, biri biriga tobe: Zulfiyaning kitobi.
So‘z birikmasining komponentlari mustaqil so‘zlardan bo‘ladi. Yordamchi so‘zlar, jumladan, ko‘makchi so‘zlar, so‘z birikmasining komponentlari bo‘lolmaydi. Ko‘makchi so‘zlar o‘zlari aloqador bo‘lgan mustaqil so‘z bilan birga so‘z birikmasining bir komponenti bo‘lib keladi: telefon orqali gaplashmoq. So‘z birikmasi so‘z, qo‘shma so‘z, turg‘un birikma va gaplardan farq qiladi.
So‘z leksik hodisa, so‘z birikmasi grammatik hodisa. So‘z, so‘z birikmasi kabi, nominativ funksiya bajarib, predmet, belgi, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi. So‘z birikmasi esa predmet, belgi, ish-harakatni shu xildagi boshqa predmet, belgi, ish -harakatdan ajratib ifodalaydi. Qiyos qiling: Dala - ko‘m-ko‘k, ko‘m-ko‘k dala.
So‘z abstrakt ma’noli bo‘lib, birikmaga kirishgach uning ma’nosi konkretlik tomon siljiydi. So‘z tarixiy kategoriya bo‘lib, til birligi hisoblanadi, so‘z birikmasi esa nutq jarayonidagina hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham u nutq birligi hisoblanadi.
Qo‘shma so‘zlarning komponentlari o‘rtasida gramatik munosabat yo‘q, ular o‘z leksik – semantik mustaqilligini yo‘qotib, bir bosh urug‘u olib, gapda bir sintaktik vazifani bajaradi. So‘z birikmasining komponentlari o‘rtasida grammatik munosabat mavjud, ular leksik – semantik mustaqilligini saqlab, o‘z urg‘usiga ega bo‘ladi, gapda boshqa sintaktik funktsiyani bajaradilar.
Turg‘un birikmalar butunligicha yaxlit holda qo‘llanib, til birligi hisoblansa, so‘z birikmasi nutq protsessidagina hosil bo‘ladi. So‘z birikmasidagi so‘zlar o‘z ma’nosini saqlaydi, turg‘un birikma /frazeologizm/dagi so‘zlar esa butunicha o‘z ma’nosidan ko‘chgan yoki komponentlarining biri o‘z ma’nosini o‘zgartirib yuborgan bo‘ladi. qiyos qiling: qo‘l qo‘ymoq – daftarni qo‘ymoq.
Gap tuzish modellari, so‘z birikmasi modellari kabi, til birligi bo‘lib, konkret so‘z birikmasi kabi, konkret gap ham nutq birligi hisoblanadi. So‘z birikmasi nominativ kategoriya bo‘lsa, gap komunikativ kategoriyadir.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin