3. Janubiy guruh: kartvel (iber) tillari megrel tili;
laz (chan) tili;
gruzin tili – gruzin alifbosidagi yozma manbalar eramizning V asridan boshlanadi; o‘rta asrlarga oid boy adabiy yodgorliklari bor; lahjalari: xevsur, kart, imeretin, guri, kaxetin, adjar; kart lahjasi gruzin adabiy tilining asosini tashkil etadi;
svan tili.
III. URAL TILLARI OILASI Ugor-fin tillari mikrooilasi
A. Ugor tillari tarmog‘i: 1) vengr (mojor) tili – yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
2) mansiy tili – XX asrning 30-yillaridan yozuvi rus alifbosiga asoslangan;
3) xantiy tili – XX asrning 30-yillaridan yozuvi rus alifbosiga asoslangan.
B. Fin-Boltiqbo‘yi tillari tarmog‘i: 1) fin tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
2) eston tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
3) ijor tili;
4) karel tili;
5) veps tili;
6) vod tili;
7) liv tili;
8) saam (lopar) tili.
V. Perm tillari tarmog‘i: 1) komi-ziryan tili;
2) komi-perm tili;
3) udmurt tili.
G. Voljsk tillari tarmog‘i: 1) mariy (cheremis) tili;
2) mordov tili.
2. Samodiy tillari mikrooilasi: 1) nenets tili;
2) nganasan tili;
3) enets tili;
4) selkum tili.
IV. OLTOY TILLAR OILASI25
Turkiy tillar guruhi26 turk tili - o‘tmishda Usmonli tili deb atalgan; yozuvi 1929-yildan e’tiboran lotin alifbosiga asoslangan, ungacha bir necha asrlar davomida arab alifbosida ish ko‘rgan;
ozarbayjon tili;
turkman tili;
gagauz tili;
qrim-tatar tili;
qorag‘oy-balqar tili – Kavkazda yashovchi qoraqoy va balqar elatlari so‘zlashadigan til;
qo‘miq tili – Dog‘istonda yashovchi qo‘miqlar tili;