2. Mo‘g‘ul tillari guruhi 1) mo‘g‘ul tili – yozuvi 1945-yildan e’tiboran rus alifbosiga asoslangan, ungacha qadimgi uyg‘ur yozuvi asosidagi mo‘g‘ul alifbosidan iborat bo‘lgan;
2) buryat tili;
3) qalmoq tili.
3. Tungus-manjur tillari guruhi A. Sibir tillari guruhi 1) evenk (tungus) tili;
2) even (lamut) tili.
B. Manjur tillari guruhi 1) manjur tili;
V. Amur tillari guruhi 1) nanay tili;
2) udey tili;
3) orog tili.
4. Hech bir til guruhiga kirmagan uzoq Sharqning ayrim tillari yapon tili;
ryukyus tili – yapon tili bilan qarindosh til;
koreys tili.
1. Som tillari tarmog‘i: 1) arab tili;
2) amxar tili – Efiopiyaning rasmiy tili;
3) tigre, tigray, gurage, xarari tillari – Efiopiyadagi tillar;
4) ossuriy (oysor) tili – Yaqin Sharq davlatlaridagi etnik guruhlar tili;
O‘lik tillar:
akkad tili - qadimgi Sharq (Vaviloniya)qa oid mixxat yozma yodgorliklaridan ma’lum;
ugarit tili;
qadimgi yahudiy tili – so‘zlashuv tili sifatida eramizning boshlariga qadar yashagan; XIX asrdan uning asosida ivrit (yahudiy) tili shakllandi, ivritcha Isroil davlatining (arab tili bilan birga) rasmiy tili; yozuvi yahudiy alifbosiga asoslangan;
oromiy tili – eramizdan oldingi III asrdan eramizning IV asriga qadar G‘arbiy Osiyoda yashagan oromiylar tili; oromiylar Arabiston yarim orolidan chiqqan ko‘chmanchi somiy qabilalari; oromiy tili milod (eramiz)ning boshlarida G‘arbiy Osiyoning asosiy og‘zaki nutqiga aylangan; oromiylarning hozirgi avlodi ossuriylardir;
finikiy tili – Finikiya tili; eramizga qadar o‘lik tilga aylangan; yozuvi finikiy alifbosida bo‘lgan.