2. Misr tillari tarmog‘i: Bu guruxg‘a kiruvchi tillir o‘lik tillar sanaladi:
qadimgi misr tili – arab tilining misr lahjasi tomonidan siqib chiqarilgan va miloddan avvalgi V asrdan o‘lik tilga aylangan; dastlabki yodgorliklar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri – 3-ming yillik boshiga to‘g‘ri keladi;
kopt tili - qadimgi misr tili negizida paydo bo‘lgan; Misrdagi pravoslav cherkovi tili; yozuvi grek alifbosiga asoslangan.
3. Berber-liviya tillari tarmog‘i: (Shimoliy Afrika va G‘arbiy-Markaziy Afrika tillari)
gxadames, siua tillari;
tuare tili;
zenaga tili;
kabil tili;
tashel tili;
zenet tili;
tamazigxt tili.
O‘lik tillar:
g‘arbiy numidiya tili;
g‘arbiy numidiya (liviya) tili;
guanch tili – XVIII asrga qadar muomalada bo‘lgan; Afrikaning shimoliy-sharqiy sohillariga yaqin Kanar orollarida yashagan aborigenlar tili.
4. Kushit tillari tarmog‘i: (Shimoliy-Sharqiy va Sharqiy Afrika tillari)
1) badaviy tili – Sudanning shimoli-sharqi va Efiopiyaning shimoli va shimoli-sharqidagi til;
2) agav tili – Efiopiyaning shimoli va shimoli-g‘arbidagi til;
3) sidamo tili – Efiopiyaning janubi-g‘arbidagi til;
4) afar-saxo tillari – Efiopiyaning shimoli-sharqidagi til;
5) somali tili – Somalidagi, Efiopiya sharqi va Keniyaning shimoli-g‘arbidagi til;
6) oromo tili – Efiopiyadagi oromo xalqi tili;
7) irakv tili.
5. Chad tillari tarmog‘i: (Markaziy Afrika va G‘arbiy-Markaziy Afrika tillari)
xausa tili - G‘arbiy Chad tillariga kiradi;
gvandara, ngizim, boleva, karekare, angas, sura kabi tillar - G‘arbiy Chad tillariga kiruvchi boshqa tillar sifatida qaraladi;
tera, margi, mandara, kotoko kabi tillar – Markaziy Chad tilariga kiradi;
4) mubi, sokoro tillari – Sharqiy Chad tillariga kiradi.