10. Kordofan tillari guruhi:
1) kanga, miri, tumtum tillari;
2) katla tili;
3) rere tili;
4) utoro tili;
5) tegem tili;
6) tegali, tagoy va boshqa tillar.
VIII. NIL-SAHROYI KABIR TILLARI OILASI
(Markaziy va Sharqiy Afrika (Sudan) hududi)
songay tili;
Sahroi Kabir tillari: kanuri, tubu, zagava;
fur tili;
mimi, mabang tillari;
Sharqiy Sudan tillari: debri, maxas, bale, suri, nera, ronge, tama kabi tillar;
Nil tillari: shilluk, luo,alur, acholi, nuer, bari, teso, nandi, pakot kabi tillar;
Markaziy Sudan tillari: kresh, sinyar, sara, bagirmi, moru, madi, logbara, mangbetu kabi tillar;
kunama tili;
berta tili;
Kuama, komo va boshqa tillar.
IX. KOYSAN TILLARI OILASI
(Janubiy Afrika Respublikasi, Namibiya, Angola hududlari)
bushmen tillari: kung, auni, xadza kabi tillar;
gottentot tillari: nama, korana, sandave kabi tillar.
X. XITOY-TIBET TILLARI OILASI
A. Xitoy tillari tarmog‘i:
1) xitoy tili – bu tilda gapiruvchilar soni jihatidan dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Bu til qadimiy tillardan biri bo‘lib, boy yozma yodgorliklariga ega. Bir qancha shevalari mavjud. Xitoy adabiy tili shimoliy (mandari) shevasiga asoslangan, mazkur sheva Xitoy poytaxti – Pekin shevasi ham sanaladi. Xitoyda bir necha ming yillar davomida, aniqrog‘i, eramizdan oldingi 1-ming yillikdan eramizning XX asriga qadar, venyan shevasi kitob tili sifatida muomalada bo‘lib keldi. Bu davr ichida bayxua shevasi ham muomaladagi adabiy til sifatida shakllana boshladi. Hozirgi xitoy adabiy tili – putunxua ana shu bayxua shevasi asosida shakllandi.
2) dungan tili – dunganlar XXRda (yozuvi arab alifbosiga asoslangan), qisman Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda istiqomat qiladilar. Dungan tili tarkibida turkiy, arab, fors tillaridan o‘zlashtirilgan so‘zlar miqdori anchagina.
Dostları ilə paylaş: |