Mundarij/a
|
Biror narsaning ichiga kirgan, darj (kiritish, qayd etish) qilingan.
|
Kitob yoki qo‘lyozmaning boshida yoki oxirida uning fasl va bo‘limlarini, odatda betlari bilan ko‘rsatuvchi ro‘yxat.
|
Munshiy
|
Yozuvchi, kotib.
|
Saroyda yozuv ishlarini olib borgan kotib.
|
Musavvada
|
Biror yozuvning birinchi nusxasi, qoralama (hali oqqa ko‘chirilmagani).
|
Dastlabki xomaki yozuv, oqqa ko‘chirilmagan matn.
|
Musavvir
|
Miniatyurachi rassom; naqqosh; suratkash.
|
Rasm soluvchi san’atkor, rassom, suratkash.
|
Musannif
|
Kitob tuzuvchi, muallif.
|
Uning mazkur ma’nosi yo‘qolgan. Badiiy asarlarda «tasnif etuvchi, kitob, musiqa kabilarning muallifi, tuzuvchi» ma’nolarida qo‘llanadi.
|
Muharrir
|
Yozuvchi; tahrir qiluvchi
|
Tahrir qilgan yoki qiluvchi
|
Nusxa
Raqam
|
1. Yozuv, biror yozuvning aynan ko‘chirilgani.
2. Kitob, risola.
Yozuv, bitish
|
Bosma yoki yozma asarning har bir donasi.
Terminning mazkur ma’nosi yo‘qolgan
|
Risola
|
1. Kitobcha
2. Maktub
|
Biror kasbga, sohaga va uning tartib-qoidalariga oid kitobcha, ustav.
|
Satr
Safha
|
Yozuvning bir yo‘li.
Sahifa, varaq, bet.
|
Bosma yoki qo‘lyozma asarning va umuman maktub, hujjat kabilarning har bir yo‘li
Kitob varag‘ining har bir tomoni; varaq betidagi matn; gazeta, jurnal kabilarning ma’lum masalaga bag‘ishlangan yoki biror umumiy mavzu bilan bog‘langan bir beti.
|
Tazkira
Tasnif
Tahrir
Unvon
|
Shoirlar, olimlarning tarjimai hol va asar namunalaridan tuzilgan to‘plam.
Biror asar yaratish.
Yozish, asar yozish
Qo‘lyozmaning nomi, sarlavhasi; sarvaraq; ba’zi hollarda ekslibris, ya’ni kitob belgisi
|
Yozuvchi va shoirlar to‘g‘risida qisqa ma’lumot berilgan va she’rlaridan misollar keltirilgan to‘plam; antologiya.
Terminning mazkur ma’nosi yo‘qolgan
Yozma ishni, asarni tuzatishlar kiritib yaxshilash, tuzatish.
Terminning mazkur ma’nosi yo‘qolgan
|
Xat
|
1. Yozuv, xat.
|
Maktub, noma.
|
Xattot
Qalam
Ґoshiya
|
O‘tkir xushxat, yozuv san’atkori, yozuv ishini o‘ziga kasb qilib olgan kishi, ayniqsa, suls va nasx kabi yozuvlarga mohir odam.
Qamish qalam.
Kitob chetlaridagi izoh-sharh.
|
Chiroyli va aniq yozadigan odam; kalligraf.
O‘rtasiga ingichka, uzun grafit joylangan cho‘p shaklidagi yozuv quroli.
Kitob yoki daftarning atrofidagi xat yozilmay ochiq qoldirilgan qismi.
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tiliga o‘zlashib, bugungi kunda muomalada bo‘lib turgan arabizmlarning barchasida ham ma’no anglatish darajasi asliy manba tildagi ma’no darajasi bilan uyg‘unlashmaydi. Ba’zilarining tushuncha mohiyati kitobatchilik nuqtai nazaridan butunlay o‘zgargan. Masalan, jadval terminining dastlabki ma’nosi kitobatchilikda eng ko‘p qo‘llangan bezak turlaridan birini anglatgan bo‘lsa, bugungi kunda uning semantikasida keskin o‘zgarish sodir bo‘lgan va uning dastlabki ma’nosi yo‘qolgan. Natijada, jadval leksemasi o‘zining bugungi ma’no anglatishi jihatidan mustaqil termin sifatida kitobatchilik terminologiyasi tizimidan chiqib ketdi. U hozirgi o‘zbek adabiy tilida «muayyan shakl asosidagi ma’lumotlar; dars, mashg‘ulot, faoliyat xatti-harakatlarning tartib ro‘yxati» kabi ma’nolarni ifodalamoqda. Xuddi shuningdek, raqam leksemasi ham avvalgi «yozuv, bitish» kabi asliy ma’nolarini butunlay yo‘qotgan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida ma’no hajmining tamoman o‘zgarishi, leksik ma’noning avvalgisiga nisbatan farqli voqelikni bildirishi tufayli yangi mazmun kasb etgan: «1. Sonni ifodalovchi grafik belgi. 2. Biror son bilan ifodalangan miqdor, ko‘rsatkich. 3. Bir turdagi predmetlarga tartib bilan qo‘yilgan son; nomer». Yoki muharrir terminini ko‘raylik, dastlab «asar yozuvchi, muallif», «tahrir qiluvchi» ma’nolarida qo‘llangan bo‘lsa, bugun uning «asar yozuvchi, muallif» ma’nolari yo‘qolgan, faqat «tahrir qilgan yoki qiluvchi» ma’nosigina saqlanib qolgan. Ayni shunday hodisa unvon terminida ham sodir bo‘lgan. U dastlab kitobatchilik sohasida «qo‘lyozmaning nomi, sarlavhasi, sarvaraq, ba’zi hollarda ekslibris, ya’ni kitob belgisi» kabi ma’nolarni anglatgan bo‘lsa, bugun uning o‘zbek tilidagi leksik ma’nosi butunlay o‘zgarib ketgan. Endi u kitobatchilik sohasi bilan bog‘liq bo‘lmagan butunlay farqli bo‘lgan ma’noni bildirmoqda: «Biror ish-faoliyat sohasidagi xizmat yoki mutaxassislik darajasini belgilovchi maxsus ta’sis qilingan nom».
Bundan tashqari, Alisher Navoiydan keyingi davrlarda kitobatchilik ishining taraqqiy etib borishi bilan arab tilidan yana boshqa yangi terminlar ham o‘zlashtirildi. Masalan: matbuot, nashriyot, nashr, noshir, matbaa va boshqalar.
Ayni zamonda, arabcha o‘zlashmalarning ba’zilari o‘zbek tilining ichki qonuniyatlariga to‘liq bo‘ysungan holda o‘zbek tilidagi so‘z yasovchi qo‘shimchalar olish orqali yangi so‘zlar yasalishida faol ishtirok etmoqda. Bunday terminlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: muqovachi, muqovachilik, muqovalash, muqovasoz, matbaachi, matbaachilik, noshirlik, nashriyotchi, nashriyotchilik, muharrirlik, tahrirlash, sahifalash, jildlash, tasniflash, kitobshunoslik, matnshunoslik, muqovashunos, muqovashunoslik, xattotlik, kotiblik, kitobatchilik va boshqalar.
Shuningdek, ayrim arabcha o‘zlashmalar dastlabki o‘zlashgan vaqtlarida tilimizda faol qo‘llanishda bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kun nuqtai nazaridan eskirishi, ya’ni ular anglatgan tushunchalarning texnik taraqqiyot tufayli yo‘q bo‘lib ketishi yoki ularning o‘rnini yangi terminlar egallashi natijasida ular arxaik termin sifatida iste’moldan chiqib ketgan. Masalan: avroq, varaqning arabcha ko‘plik shakli, ya’ni «varaqlar»; dabir, kotib; kutub, «kitob»ning ko‘plik shakli, kitoblar; manqul, naql etilgan, birovning aytganlaridan ko‘chirilgan; manqut, nuqta qo‘yilgan, nuqtali (harflar haqida); marqum, yozilgan, bitilgan, raqam qilingan; midod, yozuv ishida qo‘llangan siyoh; qoralik, qurum, dud; mistar, chiziqsiz qog‘ozga chiziq tushirish uchun qalin qog‘ozga iplar tortib yasalgan chizg‘ich; miqroz, qog‘ozgarlikda qog‘oz qirqishda ishlatiladigan qaychi; mudavvin, to‘plovchi, biror fanga oid ma’lumotlarni to‘plab, izohlab, kitob holiga keltiruvchi; mujavvid, kitob (Qur’onu Karim)ni qiroat bilan o‘qish ilmining olimi; harflarni to‘g‘ri talaffuz qilib, qoidaga muvofiq o‘quvchi, qiroat qiluvchi; yaxshilovchi; mujadval, jadvallangan, jadval tortilgan (kitobni ziynatlash uchun uning varaqlari hoshiyalaridan matnni ajratib turadigan rangli chiziqlar tortilgan); mujaddid, ijod etuvchi, yangidan yaratuvchi; mujallad, jildlangan, muqovalangan kitob; jild, tom; mujallid, kitobni jildlovchi, muqovasoz, sahhof; muzahhab, zarhal qilingan, tilla suvi berilgan varaq; muzahhib, qo‘lyozma sahifalarini oltin suvi bilan bezovchi, zarhal qiluvchi usta; mukotabot, o‘zaro xat yozishuv; maktublar; muntahab, bir yoki bir necha fanga oid muhim masalalarni tushuntirib beruvchi asar; saylab olingan (asarlar yoki matn); muntahib, qo‘lyozma nusxalarini ko‘chiruvchi; saylab (tanlab) oluvchi; munshaot, maydaroq nasriy asarlar; xatlar to‘plami; munshiy, yozuvchi, kotib; Atorid (Merkuriy) sayyorasi; munsho, yozilgan, bitilgan; murakkab, yozuv ishlarida qo‘llangan siyoh; muraqqa’, rasmli kitob; musavvada, qo‘lyozmaning ilk nusxasi, qoralama (hali oqqa ko‘chirilmagan); musannaf, tasnif etilgan, tuzilgan, yozilgan (kitob holiga keltirilgan) asar; musannafot, tasniflar, tasnif bo‘lgan (tuzilgan)lar, asarlar; musannif, kitob (asar) yozuvchi, tasnif etuvchi, muallif; musovada, xatga olish, yozish, xat; qoralama; mushaf, kitob, risolalar to‘plami; Qur’oni Karim; muqattaot, qit’alar, qisqa she’rlar, parchalar; kesik narsalar; muharrar, yozilgan, tahrir qilingan; nasx, ko‘chirish, nusxa olish; eski arabcha yozuv (xat)ning bir turi; roqim, xat yozuvchi, kotib; ruq’a, maktub, parcha qog‘ozdagi yozuv; arzi oxlos yozilgan xat; ruqum, «raqam»ning ko‘pligi, yozuvlar; sahv, yozuvda yo‘l qo‘yilgan xato; sahvul-qalam, qalam xatosi, yozuvdagi yanglishlik; sahoyif, «sahifa»ning ko‘pligi, sahifalar, varaqlar, betlar; sijil, mahkamada hukm, farmon kabi asosiy hujjatlar yoziladigan daftar; mahkamada hukmnomalar yozilgan qog‘oz; qozi muhri bosilgan hujjat; sijillot, qozixonada qozi tomonidan berilgan vasiqa, hukmnoma kabi hujjatlarning mazmuni yozilib qoldiriladigan maxsus daftar; tadvin, she’r va boshqa asarlarni to‘plab, tartibga keltirib, kitob holiga solish, devon tuzish; tasnif, asar yaratish, turlarga ajratish; tasonif, «tasnif»ning ko‘pligi, tasniflar; tafosir, «tafsir»ning ko‘pligi, tafsirlar; tafosir kutub, izohli kitob, Qur’oni Karim oyatlari sharhlangan kitob; tafsir, sharh, izoh, biror matnning ma’nosini echish; Qur’oni Karim oyatlarini izohlash va shu to‘g‘rida yozilgan kitob va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |