Tilshunoslik asoslari



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə23/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

Dissimilyatsiya10 nutq jarayonida ba’zi bir so‘zlarda yonma-yon kelgan ikki tovushning o‘xshab ketishi o‘rniga noo‘xshashlik yuz beradi. Artikulyatsiya o‘rni yoki usuli jihatidan bir - biriga o‘xshashi yoki yaqin tovushlarning nutq jarayonida bir–biriga o‘xshamay qolishi dissimilyatsiya hodisasi deb aytiladi. Bu hodisa ko‘proq jonli tilda uchraydi. Masalan, maqsad—maxsad (qs-xs). Bu so‘zda q til orqa portlovchi undosh sirg‘aluvchi x tovushi bilan almashgan yoki maqtov—maxtov, (qt-xt), doktor— duxtur (kt-xt) kabi Rus tilida myagko—myaxko (kg-xk), konechno-nogti (gt- xt), sekretar’—sekletar’ (kr-kl), konechno—konechno(chn-shn) kabi. Dissimilyatsiya hodisasi adabiy tilda juda ham kam uchraydi.
Nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’sir etishida boshqa fonetik hodisalar ham ro‘y beradi.
Akkomadatsiya (lot. Accomodatio - muvofiqlashuv) – tovushlarning moslashuvi bo‘lib, u yonma – yon turgan unlilar va undoshlar orasida sodir bo‘ladi. U progressiv yoki regressiv bo‘lishi mumkin. Moslashuv to‘liq bo‘lmaydi, qisman ro‘y beradi. Masalan: qafas so‘zida til oldi “a” tovushi chuqur til orqa “q” ta’sirida til orqa unli kabi talaffuz qilinadi.
Metateza hodisasi. Talaffuzda so‘z tarkibidagi tovushlarning o‘rin almashishi metateza deb aytiladi. Ba’zi tillarda so‘z tarkibidagi tovushlar umuman o‘zgarmasdan, bir–birlari bilan o‘rin almashadi. Masalan, o‘zbek tilidagi daryo, tuproq, supra so‘zlari og‘zaki nutqda ko‘pincha dayro (y-r), turpoq (p-r), surpa (p-r) tarzida talaffuz etiladi. Bu hodisa chetdan qabul qilingan so‘zlarda ko‘proq uchraydi. Chunonchi, rus tilidagi tarelka so‘zi aslida talerka (nemischa - tflerka) shaklida bo‘lgan. Biroq bu so‘z tarkibidagi l va r tovushlari o‘rin almashtirib, rus tiliga tarelka shaklida qabul qilingan; arabcha so‘zi o‘zbek tiliga ovqat tarzida qabul qilingan.
Proteza11 hodisasi. So‘zni talaffuz etganda uning old tomonidan biror tovushning orttirib (qo‘shib) talaffuz etilishi proteza deyiladi. Chunonchi, o‘zbek tilida, ayniqsa, chetdan kirgan so‘zlarga, ko‘pincha so‘z boshida, qator kelgan undoshlar oldidan bir unli tovushni orttirib aytish hodisasi uchraydi. Masalan, rus tilidan qabul qilingan spravka, stadion, stakan, stol so‘zlari og‘zaki nutqda isparafka, istadion, istakap, ustol tarzida, ya’ni i, u unli tovushlari orttirilib talaffuz etiladi. Shuningdek, so‘z boshida kelgan unli tovush oldidan undosh tovush orttirilib kelish hodisasi ham uchraydi. Masalan, uyg‘ur tilida araq so‘zi harok, arava so‘zi harava tarzida talaffuz etiladi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin