Epenteza12 hodisasi. Talaffuzda so‘z tarkibi ichida ortiqcha tovushning paydo bo‘lish epenteza deyiladi. Ikki unli tovush o‘rtasida undosh tovushning yoki ikki undosh tovush o‘rtasida unli
tovushni paydo bo‘lib qolishi mumkin. Bunday hodisa jonli tilda ko‘proq uchraydi. Masalan, traktor — taraktr, traanvay – tiramvay yoki taranboy, trolleybus—taralabus. Bu hodisa ba’zan orfografiyada ham aks ettiriladi: krovat – karavot, klubnika—qulupnay kabidar.
Diereza13 hodisasi. So‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi diereza deyiladi. Ayrim tillarda so‘zlar talaffuz etilganda ba’zi bir tovushlar tushib qoladi. Masalan, o‘zbek tilida past, rost, go‘sht so‘zlari jonli tilda odatda pas, ros, go‘sh tarzida; bo‘lsin, kelsang-chi,buni olma gaplari esa bo‘sin, kesang-chi, buni oma tarzida talaffuz etiladi. Binobarin, oldingi misollarda so‘z oxirida qator kelgan undoshlardan t tovushi, keyingi misollarda esa so‘z o‘rtasida kelgan l undosh tovushi talaffuzda tushirilib qoldirilgan. Rus tilida schastlivo so‘zi schaslivo, izvestno so‘zi izvesno, prazdnik so‘zi praznik tarzida talaffuz etiladi. Demak, avvalgi ikki so‘zda t tovushi, keyingi so‘zda d tovushi tushirib qoldirilgan. Jonli tilda ba’zan butun bir bo‘g‘in ham tushib qolishi mumkin. Masalan, olib bor – obor, olib keldi - opkeldi kabilar.
Undosh tovushlarning so‘z tarkibida o‘zgarishi ularning atrofidagi fonetik muhitga, fonetik sharoitga, o‘rniga bog‘liq, chunonchi, so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlar jarangsiz talaffuz etiladi: maktab (maktap), avlod (avlot), barg (bark); rus tilida: gorod (gorьt), stolb (stolp), parovoz (parovos). So‘z boshida yoki so‘z ichida unli tovushlardan oldin kelgan undoshlar to‘liq, o‘z nomi bilan aytiladi: qa-lan-dar, to-mo-sha, te-rim, rus tilida: ma-shi-na, chis-to-ta, ba-ra-ban kabi.
Shu tariqa og‘zaki nutq so‘ztarkibidagi ba’zi undoshlarda o‘rniga qarab, tushib qolish hodisasi uchraydi: rost – ros, rast – pas.