Tilshunoslik asoslari


Gapning aktual bo‘linishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə48/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

Gapning aktual bo‘linishi
Gapning aktual bo‘linishi gapning formal bo‘linishiga qarshi qo‘yiladi. Agar formal bo‘linishda gap tarkibi grammatik elementlarga bo‘linsa, aktual bo‘linishda gap ma’no jihatdan bo‘linadi. Gapning formal bo‘linishining asosiy elementlari ega va kesim hisoblansa, aktual bo‘linishining asosiy elementlari gapning ifoda asosi, ya’ni ma’lum qismi hamda gapning yadrosi, ya’ni xabar qilinayotgan qismi hicoblanadi. Bunda fikr ma’lumdan noma’lumga qarab xarakat qiladi.
Gapning aktual bo‘linishida fikrning ma’lum qismi ifoda asosi /ba’zi adabiyotlarda tema, berilgan deb ham nomlanyapti/, noma’lum qismi ifoda yadrosi /ba’zi adabiyotlarda rema, yangilik deb ham nomlanyapti/ deb yuritiladi. Demak, gapning aktual bo‘linishida gap ifoda asosi va ifoda yadrolariga bo‘linadi: Xotin-qizlar xo‘jaligimizning barcha sohalarida aktiv ishlamoqdalar. Bu gapda fikrning ma’lum qismi – ifoda asosi – xotin-qizlar, noma’lum qismi – ifoda yadrosi - xo‘jaligimizning barcha sohalarida aktiv ishlamoqdalar.
Gapda so‘zlar tartibi yoki logik urg‘uning o‘zgarishi bilan gapning aktual bo‘linishining ham o‘zgarishi mumkin. Qiyos qiling:
Qo‘shma gap, bir sostavli gap, to‘liqsiz gap va bo‘laklarga ajralmaydigan gaplarga keyinchalik alohida to‘xtalinadi.
Respublika oliy o‘quv yurtlari studentlarining olimpiyadasi Toshkentda bo‘ldi. Toshkentda respublika oliy o‘quv yurtlari studentlarining olimpiyadasi bo‘ldi. Birinchi gapda ifoda asosi - Respublika oliy o‘quv yurtlari studentlarining olimpiyadasi, ifoda yadrosi esa Toshkentda bo‘ldi; ikkinchi gapda esa ifoda asosi Toshkentda, ifoda yadrosi - respublika oliy o‘quv yurtlari studentlarining olimpiyadasi bo‘ldi.
Anglatilayotgan fikr xarakteriga ko‘ra, bir gap turlicha aktual bo‘linishi mumkin. Qiyos qiling: Erkin (sportda g‘olib chiqdi – Erkin sportda) g‘olib chiqdi. Biz (odamzodning eng yaxshi farzandlari orzu qilgan zamonda yashamoqdamiz – Biz odamzodning eng yaxshi farzandlari orzu qilgan zamonda) yashamoqdamiz.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin