Tilshunoslik asoslari


Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə51/78
tarix11.11.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#119313
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Tilshunoslik asoslari (1)

Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar
Gapda so‘zlar turli vositalar yordamida sintatik aloqaga kirishadilar. Bular quyidagilar:
1.Formal – gramatik vositalar. Bularga so‘z o‘zgartuvchilar /egalik, kelishik, shaxs-son affikslari/ kiradi: mening kitobim, Zulfiyani ko‘rmoq, men o‘qidim.
2.Leksik – gramatik vositalar. Bularga ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, bog‘lamalar kiradi: Nazira uchun olmoq, daftar va qalam, keldi-da ketdi, men o‘qituvchi bo‘laman.
3.So‘zlar tartibi: katta bino – Bino katta.
4.Intonatsiya:
Pauza: katta /mevali daraxt – katta mevali/ daraxt.
Melodika – tovushning baland – past bo‘lib toblanishi: Mahfuza keldi?
Logik urg‘u: Men institutda o‘qiyapman. Men institutda o‘qiyapman. Men institutda o‘qiyapman.


Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishish usullari
So‘zlar o‘zaro tenglashish, ergashish, munosabatlashish, moslashish orqali sintaktik aloqaga kirishadi.
Tenglashishda sintaktik jihatdan teng bog‘lovchilar yordamida sintaktik aloqaga kirishadi. Bunda ochiq va yopiq qator hosil bo‘ladi: Zulfiya va Feruza birga dars tayyorlashdi. /Yopiq qator./ Zulfiya, Feruza, Nargiza, Dinoralar birga dars tayyorlashdi. /Ochiq qator./
Ergashishda biri hokim, biri tobe bo‘laklar sintaktik aloqaga kirishadi: beshta daftar, vazifani bajarmoq.
Munosabatdorlashishda biri ikkinchisini taqoza qiladigan so‘zlar sintaktik aloqaga kirishadi. Bunda biri ikkinchisiga hokim, biri ikkinchisiga tobe: Salimning daftari. Bu tip konstruktsiyalarda birinchi komponentning belgisiz kelishi ham mumkin: institut kutubxonasi.
Moslashishda ega va kesim formasiga ko‘ra, ya’ni shaxs – sonda moslashadi: Men o‘qidim. Siz keldingiz. Uchinchi shaxsda son jihatidan doimo moslashish shart emas. qiyos qiling: Ular keldilar. –Ular keldi.
So‘z o‘zaro sintaktik aloqasi predikativ hamda noprediktiv bog‘lanish hosil qiladi. Moslashish predaktiv bog‘lanish, tenglashish, ergashish, munosabatdorlashish noprediktiv bog‘lanish hosil qiladi.
Tenglashish uyushiq bo‘laklar, moslashish gap, ergashish va munosabatdorlashish so‘z birikmasi hosil qiladi.
Ergashish boshqaruv va bitishuv usullarini o‘zida birlashtiradi.
Boshqaruv. Bunda hokim bo‘lak tobe bo‘lakning ma’lum formada kelishini talab qiladi. Bunda bog‘lanish ham semantik, ham grammatik jihatdan yuz beradi. Boqaruvda tobe bo‘lak kelishikli va ko‘makchili konstruktsiya shaklida bo‘ladi. qiyos qiling: Zulfiyani ko‘rmoq. Zulfiya uchun olmoq.
Bitishuv. Bunda tobe va hokim bo‘lak grammatik ko‘rsatikichlarsiz aloqaga kirishib, semantik jihatdan bog‘langan bo‘ladi. Bitishuvda aloqa tartib va intonatsiyadan bilinib turadi: katta bino; bu kitob; beshta qalam; tez o‘qimoq; kulib gapirmoq; o‘qigan bola.



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin