B. Janubiy guruh: 1) bolgar tili – slavyan lahjalari bilan kama bulgarlari tilining o‘zaro aloqasi natijasida paydo bo‘lgan, yozuvi kirillitsaga asoslangan, eng qadimgi yozma yodgorliklari X asrga oiddir;
2) makedon tili;
3) serb-xorvat tili – serblarda yozuv kirillitsaga, xorvatlarda esa lotin yozuviga asoslangan, eng qadimgi yozma yodgorliklari XI asrga oiddir;
4) sloven tili – yozuvi lotin alifbosiga asoslangan bo‘lib, qadimgi yozma yodgorliklari X - XI asrlarga oiddir.
O‘lik tillar:
1) eski slavyan (yoki qadimgi cherkov-slavyan) tili - o‘rta asrlarda slavyanlarning umumiy adabiy tili.
C. G‘arbiy guruh: 1) chex tili – yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, qadimgi yozma yodgorliklari XIII asrga oiddir;
2) slovak tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan;
3) polyak tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, qadimgi yozma yodgorliklari XIV asrga oiddir;
4) kashub tili – mustaqil tilligini yo‘qotgan, polyak tilining lahjasi sifatida saqlanib qolgan;
5) lujitsa tili – Germaniyaning Drezden va Kotbus okruklari atrofida tarqalgan, uning ikki varianti mavjud: yuqori yoki sharqiy lujitsa va quyi yoki g‘arbiy lujitsa, yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
O‘lik tillar:
1) polab tili – Germaniyadagi Elьba daryosi sohillari bo‘ylab yoyilgan, u XVIII asrga qadar yashagan;
2) pomor tili – Boltiq dengizining janubiy sohilidagi Pomorьe atroflarida muoamalada bo‘lgan va o‘rta asrlarda iste’moldan qolgan.
4. Boltiq tillari guruhi 1) litva tili – yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, bu tilga oid yozma yodgorliklar XIV asrdan boshlanadi;
2) latish tili - yozuvi lotin alifbosiga asoslangan, bu tilga oid yozma yodgorliklar XIV asrdan boshlanadi;
3) latgal tili – Latviyaning sharqiy hududlarida muomalada bo‘lib, ba’zi manbalarda bu tilga latish tilining lahjasi sifatida qaraladi21.
O‘lik tillar:
pruss tili – o‘tmishda Sharqiy Prussiya hududlarida XVII asrga qadar muoamalada bo‘lgan;
yatvaj, kursh kabi tillar – Litva va Latviya hududlarida XVII - XVIII asrlarga qadar iste’molda bo‘lib kelgan.