Peterburg maktabi XIX asr boshlarida Peterburgda Aleksandr Xristoforovich Vostokov asos solgan rus va slavyan tillarini qiyosiy o‘rganish an’anasi asrlar so‘nggigacha davom etdi. Asrning o‘rtalaridan boshlab bu ishga akademik I.I. Sreznevskiy rahbarlik qildi. Unda keyin esa qiyosiy tilshunoslik sohasida akademk I.V. Yagich, Peterburg universitetining professori A.I. Sobolevskiylar faoliyat ko‘rsatdilar. Shunday qilib Peterburgda akademik va universitet doirasida mamlakatning eng taniqli tilshunoslari yig‘ilgan edi. Ayniqsa akademik A.A. Shaxmatov (1864-1920)ning ajoyib ilmiy faoliyati Peterburgda filologiyaning rivojlanishi uchun katta ta’sir ko‘rsatdi.
A.Shaxmatovning ilmiy merosi juda katta. U 150dan ortiq asar e’lon qilgan. A.Shaxmatov o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mavjud qiyosiy-tarixiy metodning asosiy yo‘lini chuqurlashtirishga, mukammalashtirishga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning ilmiy asarlari rus tilshunosligining turli yo‘nalishida erishgan yuutuqlarini birlashtirar edi. Ammo uning ustozi F.Fortunatovning ta’siri hammadan kuchli bo‘ldi. U Fortunatovning asarlarini yuksak baholadi.
Agar F.Fortunatov ko‘proq eski slavyan va litva tillari materiallariga suyanib ish qilgan, asosan, slavyan va hind-Yevropa tillarining qiyosiy grammatikasi problemalari bilan shug‘illangan bo‘lsa, A.Shaxmatov undan keyingi davr materiallarini, rus tilining tarixiy taroqqiyotiga oid hodisalarni, ayniqsa rus tilining tarixiy fonetikasini tekshirdi. Shu asosda u umumrus bobo tilini qayta tiklash masalasiga katta ahamiyat berdi.
U rus tilining tarixini tasvirlar ekan, uning shakillanish tarixidagi bosqichlarni shunday ko‘rsatadi: dastlab hind-Yevropa bobo tili bo‘lgan, undan slavyan tili ajralib chiqqan, boltiq slavyan tilidan umumslavyan tili, undan umumrus tili ajralib chiqqan. Umumrus tili esa ulug‘ rus, belorus va ukrain tillariga bo‘lingan.
Rus tili tarixini A.Shaxmatov rus xalqining tarixi, madaniyati bilan bog‘lar edi. A.Shaxmatov til tarixini o‘rganish xalq tarixi, adabiyoti, folkor, yozma yodgorliklar kabi bir necha faktorlarni til faktorlari bilan birgalikda o‘rganish kabi kompleks metodlarni ilgari surdi.
A.Shaxmatov 1925-yilda e’lon qilgan “Rus tili sintaksisi” nomli mashhur asari va unda bayon qilingan fikrlari hozirgacha til grammatikasini o‘rganish sohasida o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
A.Shaxmatov tilni o‘rganish sintaksisga asoslanib olib borilishi kerak degan fikrda edi. Shuning uchun tilshunoslik fanining sxemasi mana shunday bo‘lishi lozim deb taklif qiladi: “Til haqidagi ta’limiy gap sintaksisidan boshlanishi, izchillik bilan so‘z birikmasi sintaksisiga, so‘z turkumlari sintaksisiga, grammatik formalar haqidagi ta’limotga, tovushlar haqidagi ta’limotga, so‘z yasash haqidagi ta’limotga va lug‘at tarkibi haqidagi ta’limotga o‘tishi mumkin edi”. Bundan ko‘rinadiki, u so‘z turkumlarini sintaksisga ko‘chirib, morfologiyada so‘z formalarinigina qoldiradi.
A.Shaxmatov fanlar akademiyasi tuzgan “Rus tili lug‘ati”ni tahrir qilishda ishtirok qildi, rus tilining orfografiyasini mukammallashtirishda ham rahbarlik qildi.
Rus tilshunoslari jahondagi boshqa olimlar qatorida tillarni qiyosiy o‘rganish metodini yaratuvchilaridan edi. Bunda A.X. Vostokov, A.A. Potebnya, I.A. Boduen de Kurtene, F.F. Fortunatov, A.A. Shaxmatovlarning qo‘shgan hissalari juda kattadir.