4. Valentlik tahlil usulida so‘zning nutq faoliyatidagi semantik-sintaktik, funksional faolligini o‘rganish, uning ma’noga bog‘liq imkoniyatlarini yoritish masalalari o‘rganiladi. Bunda so‘zning o‘z ma’nosi asosida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga kirishuvi, ularni o‘ziga biriktirish xususiyatlari o‘rganiladi, so‘zlar orasidagi semantik munosabat bevosita sintaktik munosabatni yuzaga keltirishi, ya’ni semantik sintagmalar, sintaktik konstruksiyalarni hosil qilishi aniqlanadi. Ushbu metod har bir so‘zda valentlik imkoni mavjud bo‘lishi va u sintaktik aloqada yuzaga chiqishi, valentlikning nutqda – so‘zlar orasidagi turlicha bog‘lanishlarda, ya’ni xususiyliklarda namoyon bo‘lishi tahlil qilinadi.
3. Qiyosiy-tarixiy metod
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi:
qiyoslash uchun material to‘plash;
qiyoslanadigan birliklarni belgilash;
birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash;
so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash.
tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh emasligini aniqlash;
qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini tiklash.
Ushbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan tillardangina olinadi. Masalan: ruscha svetok, polyakcha kwiatok “gul”; forscha now, ruscha nov(ыy), nemischa neu, inglizcha new “yangi”; grekcha pater, patras, lotincha pater, sanskritcha pitar, nemischa vater, forscha padar, ruscha papa, hindcha “bobo”,”ota” demakdir.
Dostları ilə paylaş: |