Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni


Fyodor Ivanovich Buslayev (1818-1897)



Yüklə 365,26 Kb.
səhifə29/78
tarix15.11.2023
ölçüsü365,26 Kb.
#132572
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
Tilshunoslik fanidan ma’ruzalar matni-fayllar.org

Fyodor Ivanovich Buslayev (1818-1897)
F.I. Buslayev buyuk rus filologi, rus tili va adabiyoti, xalq og‘zaki ijodi, qadimgi rus san’atining tadqiqotchisidir.
U 1838-yilda Moskva universitetini tugatdi. 1840-1841-yillarda chet elda bo‘ldi. 1847-yildan boshlab, Moskva univesitetida rus tili, yozma va og‘zaki ijodiyotdan ma’ruzalar o‘qidi. 1861-yilda professor, keyinroq esa akademik bo‘ldi.
F.I. Buslayev 1844-yilda – 26-yoshida, gimnaziyaning o‘qituvchisi sifatida “Vatan tilini o‘qitish haqida” kitobini nashr qildi. Asarda olim ona tilini o‘qitishda quruq, qotib qolgan ta’limotlarga, qarashlarga qarshi chiqib, “shu kungacha biz ona tilidan ta’lim berishda lotin vagrek tillari grammatikasi asosida yaratilgan ishlarga asoslandik. Vaholanki, bu ishlarda, bi tomondan, lingvistik elementlaar etishmaydi, ikkinchi tomondan esa, ortiqcha narsalar, ayniqsa, mayda-chuyda qoidalar ko‘p uchraydi” - deydi.
F.I. Buslayev tilni o‘qitish jarayonida o‘quvchi shaxsini esdan chiqarmaslikni aytib, uning o‘qib chiqqanini yoki eshitganini aniq tushunishiga, bilishiga erishish lozimligini alohida qayd etadi. Bu – haq gap. O‘z davrida taniqli rus tilshunosi Aleksey Aleksandrovich Shaxmatov F.I. Buslayevning ona tilini o‘qitishga bag‘ishlangan ushbu asarini rus tili haqidagi eng qiziqarli kitob deb, yuqori baholagan.
1858-yilda F.I. Buslayev rus grammatikasi tarixida katta ahamiyatga ega bo‘lgan “Rus tili tarixiy grammatikasi tajribachi” asarini e’lon qiladi. Mazkur grammatika materialiga ko‘ra tarixiy; ammo nazariy fikrlariga, xulosalariga ko‘ra esa mantiqiy xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Olim shu asosda ot turkumiga quyidagicha ta’rif beradi: ot predmetlarni anglatuvchi so‘z turkimidir. Gap, so‘zlar orqali ifodalangan fikrdir.
F.I. Buslayev ta’limotiga ko‘ra mantiqiy nuqtai nazardan gapda faqat ikkita bo‘lak – ega va kesim bo‘lishi mumkin, grammatik jihatdan esa bosh bo‘laklardan ikkinchi darajali bo‘laklar farqlanadi. Ular bosh bo‘laklarni tushuntiradi, izohlaydi va to‘ldiradi, - deydi.
F.I. Buslayev rus tilini tarixiy jihatdan o‘rganish muammolariga to‘xtalar ekan, u tilni qiyosiy va tarixiy o‘rganish o‘zaro zich bog‘liqligini aytadi. Tillarni faqat qiyosiy jihatdan o‘rganish til qonunlari haqida haqqoniy va aniq tushuncha, ma’lumotlar berishini, shuningdek, tillar faqat tarixiy tadqiq qilinganda, u yoki bu lisoniy birlik (forma), genetik jihatidan, nima uchun aynan shunday shaklda, ko‘rinishda qo‘llanishini aniqlash mumkin, - deydi.
U rus tili tarixini o‘rganishda ta’lim jarayoniga qiyosiy grammatika fanini ham kiritish zarurligini aytadi. Rus tili qiyosiy grammatikasining maqsadi shundaki, - deydi olim, rus tilining boshqa slavyan tillardan, hind-Yevropa tillaridan qaysi jihati bilan farq qilish muammosini hal qilishdir.
F.I. Buslayev tilda xalqning butun hayoti – tairixi, urf-odatlari, dunyoqarashi aks etishini, ifodalanishini to‘g‘ri qayd etadi.

Yüklə 365,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin