2.Ko‘pgina tushunchalar yoki narsalarning har biri birdan ortiq atamasiga ega.
3.Vaqt o‘tishi bilan jamiyat taraqqiyoti talabiga ko‘ra ayrim so‘zlar boshqasi bilan almashinadi.
4.Ko‘pgina tushunchalar, narsalar o‘zlarining so‘z ifodasiga – atamasiga ega emas.
Platon
Platon (eramizgacha 427-347) “Kratil” nomli asarida so‘zlarni turkumlarga ajratishga harakat qilgan. So‘zlarni otlarga va fe’llarga ajratgan. Ularni sintaktik hodisa hisoblagan, ya’ni gapda ega vazifasida keluvchi yoki kelgan so‘zlarni ot kategoriyasiga, gapda kesim vazifasida keluvchi yoki kelgan so‘zlarni fe’l kategoriyasiga kiritgan.
Platon so‘zlarning o‘tmishi ya’ni etimologiyasi bilan ham shug‘ullangan. Shuning uchun, Platonni etimologiyaning asoschisi deb hisoblash mumkin.
Platon fonetika sohasida ham anchagina ishlar qilgan. Masalan, u “Kratil” asarida unli tovushlarni, jarangli va jarangsiz tovushlarni farqlagan.
Qadimgi Yunon tilshunosligining grammatik davri Misr davlatining poytaxti bo‘lgan Iskandariyada shakllanib, eramizgacha III-I asrlarni o‘z ichiga oladi.
Qadimgi Yunon tilshunosligining grammatik davri Misr davlatining poytaxti bo‘lgan Iskandariyada shakllanib, eramizgacha III-I asrlarni o‘z ichiga oladi.
Yunon tilshunosligining gullagan davri milodgacha 334-331 yillarda zabt etilgan Misrdagi Aleksandriya, Kichik Osiyo qirg‘og‘idagi Pergam va Rodos orollarida shakllangan Yunon madaniyatining ellin davriga to‘g‘ri keldi. Bu Yunon tilshunosligining grammatika davri deb yuritiladi.
Aristarx qarashlari
Aristarx so‘zlarni turkumlarga bo‘lish bilan shug‘ullanar ekan, shunday deydi: “So‘z turkumlari sakkizta: ot, fe’l, sifatdosh, a’zo (artikl), olmosh, ko‘makchi, ravish, bog‘lovchi”.
Fe’l kelishiksiz so‘z turkumi bo‘lib, zamon, shaxs va sonni qabul qiladi. Dionisiy fe’lning beshta maylini: xabar, buyruq, istak, tobelik va noaniqlik mayllarini; uchta nisbatini: harakat nisbati, o‘zlik nisbati va o‘rta nisbatlarini; uchta sonini: birlik, juftlik va ko‘plik sonlarini; uchta shaxsini: so‘zlovchi, tinglovchi va o‘zga shaxslarni ajratadi; grammatik zamonlarni: hozirgi zamon, o‘tgan zamon va kelasi zamonlarini farqlaydi.