Tilshunoslik



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə52/77
tarix26.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#136031
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77
Tilshunoslik

Adabiyotlar:
1.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Т., 2007/2010.
2.Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. – М., 2007.
3.Маdjidova R., Sultonova Sh., Zokirov M. O‘zbekcha-ruscha-inglizcha lingvistik atamalar muxtasar lug‘ati. – Т., 2016.
7-MAVZU. FERDINAND DE SOSSYUR LINGVISTIK NAZARIYASI. TILSHUNOSLIKDA STRUKTURALIZM.




Reja:
1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta’limoti.
2. Til va nutqning farqli jihatlari.
3. Tilshunoslikda strukturalizm yo‘nalishi. Praga, Amerika, Kopengagen strukturalizm maktablari.

  1. Ferdinand de Sossyurning sotsiologik ta’limoti.

XX asrdan boshlab tilshunoslik fanining predmetini aniqlashda yangi davr boshlandi. Ferdinand de Sossyur (1857–1913) – Jenevada tug‘ilgan, shveysariyalik fransuz. Jeneva, Leypsig, Berlinda ta’lim oldi. 1878-yilda yigirma yasharlik F. de Sossyur “Hind-Yevropa tillaridagi dastlabki unli tovushlarning sistemasining tadqiqi” nomli ishi e’lon qilindi.1881-yilda Leypsigda doktorlik dis-yasini himoya qildi. 1906-yildan Jenevada umumiy tilshunoslik kafedrasiga rahbarlik qildi va tadqiqotlari asosida ma’ruzalar o‘qidi.
F. de Sossyurning fanda mashhur bo‘lgan eng yirik asari “Umumiy tilshunoslik kursi” deb ataladi. Ushbu asarni Sossyur vafotidan keyin 1916-yilda uning shogirdlari Sharl Balli va Albert Setselar o‘z konspektlari asosida chop ettirishgan bo‘lib, 1931-yilda nemis tilida, 1933-yilda rus tilida nashr ettirildi.
Sossyurning tilning ijtimoiy xususiyati haqidagi qarashlari tilshunoslikda keskin burilish bo‘lishiga olib keldi. Xususan, uning “Til material emas, balki formadir” degan fikri Praga, Kopengagen, Amerika struktural maktablarining shakllanishida asosiy omil bo‘ldi. Sossyur fikricha,insonning nutq faoliyati ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, falsafa, psixologiya, fiziologiya, antropologiya, matematika va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Sossyur til bilan nutq o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni e’tirof etsada, ularni til lingvistikasi va nutq lingvistikasi tarzida alohida o‘rganishni, bunda tilshunoslik asosan til lingvistikasi bilan shug‘ullanishi, nutq lingvistikasi esa fizika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarda o‘rganilishi kerak, deb hisoblaydi. U nutq faoliyatini o‘rganishda V. fon Gumboldt kabi antinomiya metodidan foydalanib, til va nutq, sinxroniya va diaxroniya, ichki va tashqi lingvistika antinomiyalarini ilgari surdi.




  1. Yüklə 1,16 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin