Tilshunoslik



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə22/77
tarix26.11.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#136031
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77
Tilshunoslik

«Chu yor aylar emish barcha yerda javlon husn,
Teng o‘ldi Kahba bila dayri sumoyun menga»
(«Xazoyin ul-maoniy»)
Xudo o‘zining komilligini inson qiyofasida topdi. Shuning uchun ham barcha mavjudotlar ichida sharifi insondir:
Barchasini garchi latif aylading,
Barchadin insonni tarif aylading.
Navoiy Allohning tazohirlari bo‘lgan narsalar olamida insonning rolini ulug‘laydi. Farididdin Attor falsafasida Alloh eng komil, borliq, tabiat, shu jumladan, inson esa hech qanday komillikka ega emas, u aldamchidir, insonning inson bo‘lib yashab turishi vaqtinchalik deb qaraladi. Shuning uchun uning falsafasiga binoan, bu aldoqchi, foniy dunyodan voz kechib, yetti vodiy: 1) Talab vodiysi, 2) Ishq vodiysi, 3) Ma’rifat vodiysi, 4) Istig‘no vodiysi, 5) Tavahhud vodiysi, 6) Hayrat vodiysi, 7) Fakru Fano vodiysi dan o‘tib, Alloh vasliga vosil bo‘lishga intilish kerak.
Haqiqiy, abadiy baxtli hayot ana shunda ekanligi ta’kidlansa, Navoiy falsafasida Alloh tabiatdagi har bir narsada zuhur etishi bayon qilinadi. Alloh kamolotga erishishni istadi va bunga o‘zini nihoyat darajada go‘zal va boy tabiat, jumladan, inson shaklida zuhur etish bilan erishdi. Buni yetti vodiydan o‘tib, Semurg‘ni axtargan qush obrazi orqali ochiq ifodalaydi:
Kim, qilib Semurg‘ni o‘ttiz qush havas,
O‘zlarin ko‘rdilar, ul Semurg‘u bas.
Demak, tabiatdagi barcha narsa va hodisalar qandaydir zotning – Allohning tajallisidir. Bu tabiat zotning bevosita kuzatishga berilgan turli ko‘rinishlaridir.
Navoiyning umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik munosabati to‘g‘risidagi qarashi go‘zal podshoh haqidagi hikoyasida ham yorqin ifodalanadi. Hikoyada bayon qilinishicha, bir podshoq (Allohga ishora) bo‘lib, u nihoyatda go‘zalligi bilan barchani maftun etgan.
Uni ko‘rish hammaning orzusi bo‘ladi va bu orzuga erishmoq uchun ko‘p azob chekadilar. Buni bilgan o‘sha podshoh qasr soldirishni va unga katta oyna (mirhot) o‘rnatishni buyuradi. Bundan maqsadi shuki, uning husniga shaydo bo‘lganlarning, unga intilganlarning, bu yo‘lda azob chekayotganlarning orzularini qondirish edi. Podshoh bu oynaga o‘z aksini soladi, unda gavdalanadi. Natijada odamlarning shu oynaga nazar tashlashlari uni ko‘rgan bilan teng bo‘ladi:
Qasr-tan, anda kungulni ko‘zgu deb bil,
Ko‘zguda Olloh husnini nazzora qil.
Tazohirlar zot haqida doim ham to‘g‘ri ma’lumot beravermaydi. Ko‘pincha u kishini aldashi mumkin. Shuning uchun ham olamni bilishni Alisher Navoiy ikki darajaga bo‘ladi: fahmiy bilish va idrokiy bilish. Fahmiy bilish ko‘pincha idrokiy bilishga to‘siq bo‘lishi mumkin. Lekin idrokiy bilishgina borliq haqida to‘g‘ri va ilmiy xulosa beradi.
Buning uchun bizning hissiy bilishimizga berilgan xususiy ko‘rinishlarni bir-biriga solishtirish va ular o‘rtasidagi umumiy jihatlarni aniqlash va ana shu umumiy belgi asosida xususiyliklarni ma’lum umumiylikka birlashtirish lozim bo‘ladi. Agar kishi fahmiy bilish darajasida qolib, xususiyliklarni umumiylikka birlashtira olmasa, u haqiqiy obyektiv bilimga erisha olmaydi.
Buni Alisher Navoiy «Lison ut-tayr»da ko‘rlarning fil haqidagi hissiy bilimini bayon qilish orqali juda aniq bayon qilib beradi.
Alisher Navoiyning umumiylik va xususiylik, zot va tajallilar munosabatini belgilashi unga tilshunoslikda til va nutq munosabatini ochish, til va nutq birliklarini ma’lum darajada farqlash imkoniyatini berdi.
Hozirgi tilshunoslikda til va nutq bir-biridan izchil ravishda farqlanadi. Til va nutq munosabatini ochish lingvistik tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Shu kunga qadar bu ikki hodisani bir-biridan farqlash dastlab mashhur nemis olimi Vilgelm fon Gumboldtdan boshlangan va u shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur lingvistik ta’limotining asosini tashkil qiladi, deb hisoblab kelindi.
Lekin Alisher Navoiy asarlariga e’tibor berilsa, bu olim Vilgelm fon Gumboldt va F. de Sossyurlardan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlaganining guvohi bo‘lamiz. Alisher Navoiy imkoniyat tarzidagi so‘z (til birligi) sohibi ixtisos (so‘zlovchi) tomonidan turli xil jilvalantirilishi (nutq birligi sifatida reallashtirilishi) mumkinligini bayon qiladi.
«Muhokamat ul-lug‘atayn» asarida ta’kidlanishicha, so‘z go‘yo durdur. Durning joylashish o‘rni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning joylashish o‘rni ko‘ngildir (xotiradir).
Dur g‘avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga chiqarilib, jilvalantirilsa va g‘avvosning qiymati javharni jilvalantira olish qobiliyatiga qarab belgilansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib chiqiladi va notiqning qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan durlar g‘avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko‘ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi so’zlar ham so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o‘z jilvasini topadi.
Bundan ko‘rinadiki, imkoniyat va voqelik, umumiylik va xususiylik dialektikasi Gegeldan ancha oldin Alisher Navoiy asarlarida o‘z aksini topgan. Til va nutqning yuqoridagidek farqlanishi ham ana shu dialektikaning tilda namoyon bo‘lishining ko‘rinishidir.
Alisher Navoiy falsafasida shakl va mazmun dialektikasi ham markaziy o‘rinni egallaydi. Shakl va mazmun o‘zaro uzviy bog‘liq. Shu bilan birgalikda mazmun shaklga nisbatan birlamchi sanaladi. Shakl va mazmun dialektikasi tilda til va tafakkur dialektikasi orqali namoyon bo‘ladi. Alisher Navoiy til va tafakkurning o‘zaro chambarchas bog‘liqligini, til fikrni (mahnini) ifodalovchi qudratli vosita ekanligini, ana shu vosita insonni komil insonga aylantirgani, hayvondan judo qilganini e’tirof etadi. Alisher Navoiyning til va tafakkur dialektikasi haqidagi qarashini quyidagi fikri orqali payqash mumkin: «Chunalfoz va maskur mahluqotdin murod ma’nidir». Ya’ni olamdan olgan ma’lum bilimimizni ifodalash, boshqalarga yetkazish uchun gapiramiz.
Umumiy tilshunoslikning otasi sanaluvchi Vilgelm fon Gumboldt Alisher Navoiydan bir necha yuz yil keyin bu fikrni takrorlaydi. Uning bayon qilishicha, til fikrni ifodalaydi. Aqliy faoliyat mutlaqo ruhiydir. U nutq tovushlari yordamida moddiylashadi va sezgi ta’siriga berilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Alisher Navoiy so‘zlarda shakl va ma’no dialektikasi haqida ham fikr yuritadi. Uning fikricha, ma’lum ma’no turli shakllarda jilva namoyish qilishi, biri orqali o‘lik badanga tiriklik bag‘ishlash, ikkinchisi orqali esa, tirik tanga zahri halokat yetkazish mumkin.
Ma’lum ma’noning turli shakllarda ifodalanishi mumkinligi, shuning uchun ham nutqda bu shakllardan so‘zlovchining maqsadga muvofig‘ini qo‘llash imkoniyati borligi, uni qay darajada amalga oshirish so‘zlovchining mahoratiga bog‘liqligini ko‘rsatish orqali so‘zlovchini notiqlik san’atini egallashga da’vat etadi. Alisher Navoiyning bu fikrlari keyinchalik leksik uslubiyat (leksik stilistika) deb yuritiluvchi tilshunoslik sohasining rivojiga asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin