VIII. Xitoy-Tibet tillari oilasiga tay-xitoy va tibet tillari guruhlari kiradi.
1. Tay-xitoy guruhiga quyidagi tillar kiradi:
a) xitoy tili. Xitoy Xalq Respublikasining (poytaxti Pekin) davlat tili bo‘lib, bu tilda bir milliarddan ko‘p kishi so‘zlashadi. Xitoy tili bir necha mustaqil dialektlarga bo‘linadi. U juda qadimgi (eramizdan ikki yarim ming yil burungi) tillardan biri bo‘lib, boy yozuv-yodgorliklariga egadir;
b) dungan tili. Bu tilda so‘zlashuvchi xalqning soni 3,5 million kishidan ortiq bo‘lib, ular asosan, Xitoy Xalq Respublikasida so‘zlashadi;
g) vetnam tili. Vetnam Xalq demokratik Respublikasining (poytaxti Xanoy) davlat tili bo‘lib, bu tilda 30 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
d) tay (siam) tili. Tailandning (poytaxti Bangkok) davlat tili bo‘lib, bu tilda 46 millionga yaqin kishi so‘zlashadi.
2. Tibet tillari. Bu tilda so‘zlashuvchilar 4 milliondan ortiq kishi bo‘lib, ular asosan, Xitoy Xalq Respublikasining Tibet avtonom tumanida va Hindistonda yashaydi;
b) birma tili. Birma Ittifoqining (poytaxti Rangun) davlat tili bo‘lib, bu tilda 33 millionga yaqin kishi so‘zlashadi. Assam tillari ham tibet tillari guruhiga kiradi.
IX. Dravid tillariga quyidagi tillar kiradi:
a) tamil tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 3,5 millionga yaqin kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-sharqida va Seylon orolining shimolida yashaydi;
b) malayalam tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 13 milliondan ko‘proq kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-g‘arbida yashaydi;
v) kannara tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 14,5 million kishi bo‘lib, ular G‘arbiy Hindistonda yashaydi;
g) telugu tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 31 million kishi bo‘lib, ular Hindistonning Janubi-sharqida yashaydi;
d) braxun tili (260 mingga yaqin kishi so‘zlashadi) va boshqa bir qancha kichik tillar dravid tillar oilasiga kiradi.
X. Malay-polineziya tillari. Bu tillarga malay yoki indoneziya tili kiradi. Indoneziya Respublikasining (poytaxti Jakarta) davlat tili. Shuningdek, madura tili, bali tili, yavan tili, tagalog tili, maori tili, samoa tili va uvea tili kabi bir qancha tillar ham shunga kirdi. Bu tillarda so‘zlashuvchi kishilar soni hali yaxshi aniqlanmagan. Umuman, malay-polineziya tillarida 90 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi.
XI. Avstraliya guruhi tillari. Bu tillar oilasiga juda ko‘p kichik tillari kiradi, lekin ular ham yaxshi o‘rganilmagan.
XII. Papua tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Yangi Gvineya orolida yashaydi. Bu tillar ham hali yaxshi o‘rganilmagan.
XIII. Sudan tillari. Sudan tillarida so‘zlashuvchilar Afrikada yashaydi. Bu tillar bir necha guruhlarga bo‘linadi: chunonchi: nil-chad, nil-abissan, nil-ekvator, kardofan, nil-kongo, ubang, shor niger-chad, niger-kamerun, quyi-niger, dagomey, niger-latgal, liberi va senegal gviney guruhlari kabi.
XIV. Bantu tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar markaziy va Janubiy Afrikada yashaydi. Bu tillar: teke, songo, suaxeln, konde, makua va sotko kabi bir necha guruhlarga bo‘linadi.
XV. Paleoafrika tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar ham Afrikada yashaydi. Ular ikki guruhga ya’ni bushmen va gottentog tillari guruhiga bo‘linadi.
XVI. Paleoosiy tillari. Bu tillarda so‘zlashuvchilar Rossiya Federasiyasining Shimoli-Sharqida yashaydi. Paleoosiyo tillari ikki guruhga:
1. Chukot guruhi va 2) Sibir‘ guruhiga bo‘lindi. Chukot guruhiga chukot tili (1,5 ming kishi so‘zlashadi), koryak tili (7 ming kishi so‘zlashadi), kamchadal tili (2,5 ming kishi so‘zlashadi) kiradi. Sibir guruhiga odul tili (ming kishi so‘zlashadi), nivx tili (4 ming kishi so‘zlashadi), ket tili (2 ming kishi so‘zlashadi) kiradi.
XVII. Eskimos tillari guruhi. Bu tillar guruhiga: eskimos tili (bu tilda so‘zlashuvchilar Chukotka yarim orolida, Vrangel‘ orolida, alyaskaning shimolida, Kanadada. Grenlandiyada yashaydi) va aleut tili (bu tilda so‘zlashuvchilar Komandor va Aleut orollarida yashaydi) kiradi.
XVIII. Amerika hindularining tillari. Amerika hindularining tillari 200 mdan oshiq bo‘lib, ular uch guruhga:
1) Shimoliy Amerika; 2) Markaziy Amerika; 3) Janubiy Amerika guruhlariga bo‘linadi.
XIX. Austr-Osiyo tillari. Bu tillarga: mon-kxmer (6 millionga yaqin kishi so‘zlashadi), bunda (6 milliondan ko‘p kishi so‘zlashadi), malakk, markaziy va janubi-sharqiy tillar guruhi kiradi.
XX. Hech qanday tillar guruhiga kirmagan Uzoq Sharq tillari:
1) yapon tili. Yaponiyaning (poytaxti Tokio) davlat tili bo‘lib, bu tilda 100 millionga yaqin kishi so‘zlashadi;
2) ryukyu tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar Ryu-Kyu orolida yashaydi;
3) quriya (koreya) tili. Quriya Xalq Demokratik Respublikasining (poytaxti Pxen‘yan) davlat tili va Janubiy Quriya Respubilkasining (poytaxti Seul) davlat tili bo‘lib, bu tilda 60 milliondan ortiq kishi so‘zlashadi;
4) ayn tili. Bu tilda so‘zlashuvchilar 18 mingga yaqin bo‘lib, ular Yaponiyaning shimolidagi Xokkaydo orolida bulib, ular Hindistonning shimolida, Qorakorum dovonlarida yashaydi.
XXI. Burjaski tili. Bu til ham hech qanday guruhga kirmaydi. Bu tilda so‘zlashuvchilar 30 mingga yaqin kishi bo‘lib, ular Hindistonning shimolida, Qorakorum dovonlarida yashaydi.
Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, genealogik tasnif har bir tilning kelib chiqishini, tarixiy taraqqiyotini, tillarning o‘zaro munosabatini hozirgi ahvolini va shu kabi qator masalalarni chuqur o‘rganishni talab qiladi. Lekin anchagina tillar bu jihatdan ham chuqur teshirilib o‘rganilmagan. Shuning uchun bu tillarning qaysi tillar bilan qardosh ekanligi, qaysi til oilasiga, qaysi til guruhiga mansub ekanligi ham hali hal qilinmagan.
10-§. SHARQ ILMIDA TIL TASNIFIGA OID QARASHLAR. TURKIY TILLAR TASNIFI
Sharq ilmida ham tillar tasnifiga oid, tillarning muhim jihatlarini yorituvchi qarashlar mavjud. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asari bu boradagi beqiyos manbadir.
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillar klassifikatsiyasini yaratishga birinchi bo’lib qo’l urgan olimdir.
Turkiy xalqlar orasidan yetishib chiqqan birinchi ensiklopedist turkolog olim Mahmud Koshg’ariy 1029-1038 yillar oralig’ida Koshg’arda tug’ildi. “Devoni lug’tit-turk” deb nomlangan uch tomli asar yozdi. Bu asar “Turkiy so’zlar devoni” bo’lib, ikki qismdan tashkil topgan: 1) kirish; 2) lug’at.
Kirish qismida turkiy tillarning mavqeyi, lug’atning oldiga qo’yilgan vazifalar, asarning mundarijasi, turkiy tillarda so’z tuzilishi va yasalishi, turkiy qabilalar va ular tillarining o’ziga xos xusisiyatlari yoritilgan.
Asarning lug’at qismi sakkiz bo’limdan iborat.
Hamzali so’zlar bo’limi ( boshida alif, vov, yoy harflari keladigan so’zlar)
Solim(tarkibida alif, vov, yoy harflari keladigan so’zlar) bo’limi .
Muzoaf bo’limi( tarkibida bir harifi ikki marta kelgan takrorlangan so’zlar).
Misol(boshida, o’rtasida yoki oxirida alif, vov, yoy harflaridan biri kelgan so’zlar) bo’limi.
uch harfli so’zlar bo’limi.
to’rt harfli so’zlar bo’limi.
g’unnalilar ( tarkibida burun tovishlari keladigan so’zlar) bo’limi.
Tarkibida ikki undosh qator kelgan so’zlar bo’limi.
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillar qurilishini tasvirlashda qiyosiy metoddan foydalandi. U turkiy tillarning leksikasini, morfologiyasini va fonetikasini bir – biriga qiyoslab, ular orasidagi o’xshash va farqli tomonlarini ko’rsatdi. Lug’atda turkiy tillar leksikasiga mansub 7500 so’z izohlangan.
Mahmud Koshg’ariy turkiy tillar fonetik qonuniyatiini birinchilardan bo’lib yoritgan olimdir. U “Devonu lug’otit – turk” da fonetik qonuniyatlarning tovush almashinuvi, tovush tushishi, tovush ottishi kabi ko’rinishlarini batafsil izohlagan.
Uning tashrifi ikki prinsipga tayanadi:
1. Tilning sofligi prinsipi.
2. Fonetik- morfologik prinsip.
Mahmud Koshg’ariy XI asrda yashagan turkiy xalqlarning tillarini ikki qisimga ajratadi:
1. Sharqiy turkiylar tili
2. G’arbiy turkiylar tili.
Mahmud Koshg’ariy birinchi guruhga Bolosog’un, Koshg’ar atrofida yashaydigan xalqlarning tillarini kiritdi. Bular chigil, qorluq, uyg’ur, tuxsi, yag’mo kabi xalq va qabilalarning tillaridan iborat edi.
Sharqiy va g’arbiy guruh tillarning qator xususiyatlariga ko’ra bir – biridan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |