Tilshunoslikka kirish


-§. Tilshunoslik va uning bo’limlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə19/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78
Tilshunoslikka kirish

11-§. Tilshunoslik va uning bo’limlari

Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan.


O’zbek tili mansub bo’lgan turkiy tillar guruhi o’ttizga yaqin tilni o’z ichiga oladi. O’zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o’ziga xos jihatlari mavjud.
O’zbek tili fani quyidagi bo’limlardan iborat.



  1. Fonetika-nutq tovushlari, bo’g’in va urg’u haqidagi bo’lim.

  2. Orfoepiya-adabiy tilning to’g’ri talaffuz qoidalari haqidagi bo’lim.

  3. Orfografiya-to’g’ri yozish yoki imlo qoidalarini o’rganadi.

  4. Grafika-tovush va harf munosabati, alifbo tizimi, yozuv va uning turlarini o’rganadi.

  5. Leksikologiya-so’z va uning lug’aviy ma’nosi, lug’aviy ma’noning taraqqiyot yo’llari, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari haqidagi bo’lim.

  6. Frazeologiya- iboralarni (frazeologizmlarni) o’rganadi.

  7. So’z yasalishi-so’z yasash usullari haqidagi bo’lim.

  8. Etimologiya-so’zning kelib chiqishi, shakllanish tarixi haqidagi bo’lim.

  9. Grammatika-tilning ichki qurilishini o’rganadi. Grammatika ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.

  10. Morfologiya-so’z turkumlari, grammatik ma’no, grammatik shakl haqidagi bo’lim.

  11. Morfemika-morfema, ya’ni so’zning ma’noli qismi haqidagi bo’lim (morfemikani morfologiyaning alohida bir bo’limi sifatida tushunish mumkin).

  12. Sintaksis-so’z birikmasi, gap va uning turlari haqidagi bo’lim.

  13. Punktuatsiya-tinish belgilarini o’rganadi.

  14. Stilistika (uslubiyat)-nutq uslublarini o’rganadi.

  15. Dialektologiya-shevalar, lahjalar haqidagi bo’lim.


  16. Yüklə 0,55 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin