o’ unlisi-orqa qator lablanmagan ,o’rta keng unli.Har vaqt so’zning birinchi bo’g’inida keladi:bo’z,bo’y,do’ppi,ko’zgu. a unlisi-old qator lablanmagan,keng unli.Uning aytilishida lablar kerilib,tilning oldingi qismi pastga tushadi,uchi esa pastki tishlarga yaqinlashadi:alanga,vazifa, gavhar,jasur,kurash. o unlisi-orqa qatior,lablangan,keng unli.Uning aytilishida til ichkariga tortiladi,tilning uchi tishlardan uzoqlashadi,pastki jag’ esa tushiriladi: bozor,obod,ovoz,hikoya,matbuot. Undosh tovush: o’pkadan chiqayotgan havo oqimining og’iz bo’shlig’ida ma’lum to’siqqa uchrashidan hosil bo’lgan tovush undosh hisoblanadi. Undoshlar quyidagicha tasnif etiladi.
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra: (qaerda?) 2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra: (qanday?)
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko’ra.
1. Hosil bo’lish o’rniga ko’ra undoshlar quyidagicha:
sayoz til orqa: k,g,ng
til orqa:
chuqur til orqa: q,g’,x
v) bo’g’iz undoshi:
H
2. Hosil bo’lish usuliga ko’ra undoshlar quyidagilarga ajratiladi:
a) portlovchi undoshlar: b, p, d, t, q, k, g. Bunday undoshlar talaffuzida o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’idagi to’siqdan portlab chiqadi;
b) sirg’aluvchi undoshlar: v, f, g’, z, s, sh, j, y, x, h. Bu undoshlar talaffuzida o’pkadan chiqayotgan havo oqimi og’iz bo’shlig’idagi to’siqdan sirg’alib chiqadi.
v) qorishiq (affrikat), portlovchi-sirg’aluvchi undoshlar: ch,j,s. Bu undoshlar ham portlab, ham sirg’alib chiqadi.
m,n,ng - burun tovushlari. Bu tovushlar talaffuzida havo oqimining bir qismi burun bo’shlig’idan chiqadi.
l-yon tovush, til- tanglay tovushi: havo oqimi tilning ikki yonidan sirg’alib chiqadi.
r-titroq tovush, til uchining titrashidan hosil bo’ladi.