Tilshunoslikka kirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə44/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78
Tilshunoslikka kirish

28-§. GRAMMATIKA


Grammatika ( yunoncha o’qish va yozish haqidagi bilim ) tilshunoslikning bir bo’limi bo’lib , nutqda so’zlarning o’zgarishi, o’zaro birikib gap hosil qilishi haqidagi bilimdir.
Tilning grammatik vositalari:
1.Affiksatsiya olimlar fikricha tillarda ebg ko’p tarqalgan vositadir.Ma’no anglatuvchi affaikslarni ikki turga ajratamiz. Shakl yasovchi affiksal morfemalarning keyingi turi fleksiya deyiladi.
2.Ohang o’z ichiga tilda grammatik ma’noni ifodalash uchun xizmat qiladigan melodika bilan urg’uni qamrab oladi, lekin melodika va urg’uning roli hamma tillarda bir xil emas.
3.Melodika deganda ton balandligining o’zgarishi tushuniladi. U asosan hitoy-tibet tillarida katta ahamiyatga egadir. Hitoy tilida to’rtta ton mavjud bo’lib so’zning ma’nosi shu tonlardan qaysi biri ishlatilayotganligiga ko’ra o’zgaradi.Masalan, da so’zi nutqda talaffuz qilinishiga ko’ra ot, sifat, fe’l va ravish bo’lib kelishi mumkin.
4.Takror (reduplikatsiya) deganda grammatik ma’noni ifodalash maqsadlarida so’z yoki uning biror qismini ikki marta qaytarish tushuniladi. Takrorlar ko’p tillarda uchraydi, lekin u bir xil maqsadga xizmat qilmaydi. Masalan, u malay tilida grammatik vosita sifatida ishlatiladi va ko’plik ma’nosi ifodalashda foydalaniladi.
orang-odam, orang-orang - odamlar
5.Ichki fleksiya deganda turli grammatik ma’nolarni ifodalash uchun so’z tarkibidagi tovushlarni o’gartirish tushunilib bu vosita hind-ovropa va semit tillarida ko’p qo’llaniladi.
Arab tilida undosh tovushlar leksik ma’noni anglatsa, unlilar grammatik ma’noni ifodalaydi.
6.Suppletivizm deganda bir so’zning grammatik shakllarini har xil so’z o’zaklaridan yasalishi tushuniladi.So’zlarning suppletiv shakli hind-ovropa tilllarida ko’plab uchraydi.Grammatik ma’noni bu yo’l bilan ifodalash asosan kishilik olmoshlari hamda sifatlarga xosdir. Masalan,
я – меня; men –meni-menga;

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin