мы - нас; biz – bizni – bizga;
Grammatika tilning ichki qurilishi haqidagi bo’lim hisoblanib, ikki qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
MORFOLOGIYA
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo’lib, so’z turkumlari, so’zning grammatik shakli, grammatik ma’no, morfologik kategoriya ( tushuncha)larni o’rganuvchi bo’lim. Morfologiya so’zni grammatik birlik sifatida tekshiradi. So’z grammatik birlik sifatida grammatik ma’nosi va grammatik shakliga ega bo’ladi.
Grammatik ma’no
So’zning u yoki bu turkumga mansubligini ko’rsatuvchi, so’zning ma’lum bir grammatik shakl orqali ifodalanadigan ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi; qalam, suv, tosh, olma, bog’,uy so’zlari bir grammatik ma’noga mansub so’zlar hisoblanadi.
Grammatik forma ( shakl) yoki so’z formasi
So’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli so’zning grammatik formasi (shakli) deyiladi. Grammatik ma’noni ifodalovchi morfema grammatik ( morfologik) ko’rsatkich ham deyiladi. Masalan, ko’plikning grammatik ko’rsatkichi-lar; bosh kelishik va bo’lishlilik ko’rsatkichi yo’q (nol ko’rsatkichli). Grammatik shakl (so’z formasi) ning uch xil turi mavjud:
Affikslar (qo’shimchalar): uyni, uydan, uyga; o’qiyapman, o’qiyapsan, o’qiyapti. Affikslar yordamida yasaluvchi forma sintetik forma deyiladi.
Yordamchi so’zlar orqali hosil bo’luvchi forma; ukam uchun, park tomon, o’qib ko’r, o’qib chiq. Yordamchi so’z vositasida yasaluvchi forma analitik forma deyiladi.
Juft va takroriy shakl: qozon-tovoq, yaxshi-yomon juft formalari umumlashtirish ma’nosini; baland-baland, qator-qator, kula-kula kabilar ko’plik, takror, ta’kid ma’nosini ifodalaydi.
So’z turkumlari
So’zlarning o’ziga xos belgi-xususiyatlariga ko’ra ma’lum guruhga ajratilishi so’z turkumlari deyiladi. So’zlar konkret narsa, belgi, harakat, holat kabilarni bildirishi yoki bildirmasligiga ko’ra ikkiga bo’linadi: mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar.
So’z turkumlari jami 12 ta. Ular, asosan, ikki guruhga bo’linadi.
I.Mustaqil so’zlar turkumi
Ot
Sifat
3. Son
4. Olmosh
5. Fe’l
6. Ravish
II.Yordamchi so’zlar turkumi
7. Ko’makchi.
8. Bog’lovchi.
9. Yuklama
Bulardan tashqari alohida so’zlar turkumi ham mavjud: modal so’zlar, undov so’zlar, taqlid so’zlar. Bu so’z turkumlari o’ziga xos jihatlari bilan yuqoridagi so’z turkumlaridan ajralib turadi.
Ot
Narsa-buyum, mavhumlik ma’nosini bildiruvchi so’zlar ot deyiladi. Ot quyidagi xususiyatlarga ega.
Ot turkumi son, egalik, kelishik kabi grammatik kategoriyalarga, turli ma’no hamda vazifa uchun xizmat qiluvchi vazifaviy shakllarga (funksional forma), shuningdek o’ziga xos yasalish tizimiga ega.
Ot, sifat, son, olmosh, fe’l va ravish (barcha mustaqil so’zlar) bilan birika oladi.
Ot barcha gap bo’laklari vazifasida kela oladi (ega, kesim, ikkinchi darajali bo’laklar, undalma).
Dostları ilə paylaş: |