Tilshunoslikka kirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə48/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Tilshunoslikka kirish

Kelishik tushunchasi

Otning boshqa so’zlar bilan sintaktik munosabatini ko’rsatuvchi ma’nolar va bu ma’nolarni ifodalovchi formalar tizimi kelishik tushunchasini hosil qiladi.


Ot turkumidagi so’zning kelishik qo’shimchalarini olib o’zgarishi turlanish deyiladi. Kelishik qo’shimchalari turlovchi qo’shimcha hisoblanadi. Kelishiklar quyidagicha:
1. Bosh kelishik: kim? nima? qaer?
2. Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? qaerning?
3. Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni?
4. Jo’nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga?
5. O’rin-payt kelishigi: kimda? nimada? qaerda?
6. Chiqish kelishigi: kimdan? nimadan? qaerdan?
Kelishik qo’shimchalari olmoshlar, harakat nomi, jamlovchi songa ham qo’shilishi mumkin. Otlashgan so’zlar ( otlashgan sifat, otlashgan sifatdosh) hamda olmoshlar ham kelishik qo’shimchalarini qabul qiladi.


Otning vazifaviy shakllari

Otning vazifaviy shakllari quyidagilar:


1)kichraytirish shakli; -cha, -choq (-chak);
2) erkalash shakli: -jon, -xon, -oy.
3) hurmat shakli: -lar. Hurmat ma’nosini ifodalash uchun -lar dan oldin egalik qo’shimchalarining bo’lishi shart: dadamlar.
4) qarashlilik shakli: -niki;
5) o’rin belgisi shakli: -dagi;
6) chegara shakli: -gacha (-kacha, -qacha);
7) O’xshatish shakli: -dek (-day).


Otlarning ma’no turlari

Otlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:


1. Bir turdagi predmetlardan birining nomini yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko’ra: atoqli va turdosh bo’ladi.
Bir xildagi predmet yoki hodisalardan birini ajratib ko’rsatuvchi otlar atoqli otlar deyiladi. Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini bildiruvchi otlar turdosh otlar deyiladi. Atoqli otlar faqat birlikda qo’llanadi.
Asal, Arslon, Ra’no, Rayhon, Anor, Lola, Bahri, Juma,...kabi atoqli otlar turdosh otlar asosida; O’lmas, Tursun, Turdi kabi atoqli otlar fe’l asosida paydo bo’lgan. O’z navbatida rentgen, xosiyatxon, nyuton, amper kabilar atoqli otlar asosida yuzaga kelgan.
2. Turdosh otlar ifodalangan tushunchaning xarakteriga ko’ra aniq va mavhum otlarga bo’linadi.
Sanash, ko’rish, ushlash mumkin bo’lgan otlar aniq otlardir: gilam, gul, ro’mol. Ko’z bilan ko’rib, ushlab bo’lmaydigan, sanalmaydigan otlar mavhum otlar hisoblanadi: g’am,alam, baxt, shodlik. Mavhum otlarga ko’plik qo’shimchasi qo’shilganda uslubiy ma’no anglashiladi.
3. Yakka va jamlovchi otlar. Yakka otlar alohida predmetni bildiradi: ro’mol, ko’zoynak , kitob. Bir turdagi predmetlarni jamlab ko’rsatuvchi otlar jamlovchi deyiladi: xalq, armiya, meva.
Otlar ikki usul bilan yasaladi: affiksatsiya (qo’shimcha qo’shish) va kompozitsiya (so’zlarni qo’shish)
Ot yasovchi qo’shimchalar quyidagicha:
1) Shaxs oti yasovchi: -chi, -gar, -kor, -kash, -shunos, -(u) vchi, -(o)vchi, -dosh, -bon, -dor, -furush, -boz, -xo’r, -paz, -soz, -do’z, -xon, -go’y, -ham, -iy, -vachcha.
2) narsa-buyum oti yasovchi: -gich (-g’ich,-kich,-qich), -ma, -m (-im,um), -gi (-g’i,-ki,-qi,-g’u), -k,-q (-ik,-iq,-uq,-oq),-g’in,-qin,-v,-uv,-don.
3) o’rin-joy oti yasovchi: -loq,-zor,-iston,-poya,-goh,-obod.
4) mavhum ot yasovchi: -lik,-chilik,-garchilik,-liq,-lashtirish.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin