Tilshunoslikka kirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə56/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Tilshunoslikka kirish

Zamon tushunchasi

Zamon tushunchasi harakat-holatning nutq vaziyatiga munasabatini ifodalaydi. Fe’lning uch zamoni farqlanadi: o’tgan zamon(nutq jarayonigacha bo’lgan harakat); hozirgi zamon (nutq jarayonida sodir bo’layotgan harakat), kelasi zamon (nutq jarayonidan keyin sodir bo’ladigan harakat).




1. O’tgan zamon fe’llari quyidagicha:
a) aniq o’tgan zamon shakli-di: yozdik, ko’rdik.
b) uzoq o’tgan zamon shakli –gan: yozgandingiz, ko’rgandingiz.
v) o’tgan zamon hikoya shakli-(i) b: yozibsiz, ko’ribmiz; yozib edik, ko’rib edik.
g) o’tgan zamon davom fe’li-a(r)-edi, (-mas-edi): ko’rinar edi, ko’rinmas edi.
2. Hozirgi zamon fe’llari quyidagicha:
a) aniq hozirgi zamon shakli -yap-shaxs-son affiksi: -yotir,-yotib; boryapman, borayotirman, borayotibman; -moqda: bormoqda.
b) hozirgi- kelasi zamon shakli: kelasi zamon aniq shakli:-a, -y; yozadi; ishlaymiz; kelasi zamon gumon shakli; -(a)r, (-mas); yozarman, yozmasman.
3.Kelasi zamon shakllari quyidagicha:
a) aniq kelasi zamon shakli -ajak(-yajak): borajakmiz, o’qiyajakmiz; -gu(-g’u,-ku,-qu): kelgum(dir), kelgumiz, kelgusi;
b) kelasi zamon maqsad shakli-moqchi: kelmoqchiman, aytmoqchisan;
v) kelasi zamon gumon shakli:-r,-ar: o’qirman, boraman.
Ba’zi hollarda bir zamon shaklining boshqasi o’rnida qo’llanishi uchrab turadi. Harakatning qaysi zamonga oidligi esa umumiy holatdan anglashilib turadi. Masalan: Hozir qorong’ida qayoqqa bordigu, nimayam qildik-kelasi zamon. Shundan so’ng bilmadim, qancha vaqt shirin xayollar osmonida qanot qoqib yurdim-hozirgi zamon. Bugun kechqurungi poezd bilan jo’nab ketyapmiz-kelasi zamon.
Fe’llar ma’no va leksik- grammatik xususiyatlariga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) mustaqil fe’llar; 2) yordamchi fe’llar.
1. Mustaqil fe’llar mustaqil, lug’aviy ma’no bildiradi, gapning biror bo’lagi vazifasida keladi: keldi, aytdi, o’qidi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin