Fe’l mayllari: Harakat bilan sub’ekt orasidagi bog’liqlikning voqelikka munosabati fe’l mayllari deyiladi. Fe’l mayllari 4 xil:
aniq mayl (xabar mayli, ijro mayli). Aniq maylning maxsus grammatik ko’rsatkichi yo’q: keldi, aytdi, yozdi;
buyruq-istak mayli buyruq, xohish-istak, maslahat ma’nolarini ifodalaydi.
Fe’lning vazifaviy shakllari fe’lning ma’lum bir vazifa uchun xoslangan shakllaridir. Ular uch xil: harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh.
1) harakat nomi fe’lning otga yondosh shaklidir. Harakat va holatning nomini bildiradi. Harakat nomi -(i)sh, -(u)v, -moq qo’shimchalari bilan hosil bo’ladi: kelish, borish, yozuv, saylov; kelmoq, bormoq. Harakat nomining uchala shakli ham bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma ni qabul qilmaydi. Harakat nomining bo’lishsiz shakli -maslik qo’shimchasi yordamida yasaladi; Aytish-aytmaslik-mening ishim. Dildor Nizomjonga ko’rinmaslikka harakat qilardi. -moq affiksi mumtoz asarlarda -mak shaklida qo’llangan: yashamak siri. -moq affiksi bilan yasalgan harakat nomi fe’lga yaqin turadi. Harakat nomi tuslanmaydi;
2) sifatdosh fe’lning sifatga yondosh (yaqin) shaklidir. Sifatdosh qo’shimchalari: -gan(-kan,-qan), -digan, -yotgan,-r(ar), -ajak, -gusi, -g’usi, -(u)vchi, kelgan (qiz), kulayotgan (odam), kelgusi (avlod), kutuvchi.
O’tgan zamon sifatdoshi: kutgan kishi.
Hozirgi zamon sifatdoshi: kutayotgan kishi.
Kelasi zamon sifatdoshi: kutadigan kishi.
-ajak,-gusi, -g’usi qo’shimchali sifatdoshlar qadimiy hisoblanadi.
Sifatdosh otlashadi:Bilgan bilmagan ishlar, bilmagan barmog’in tishlar.
Sifatdoshning bo’lishsiz shakli: -mas. Aytar so’zni ayt, aytmas so’zdan qayt.
ravishdosh fe’lning ravishga yondosh shakli. Ish-harakatning
belgisini bildirgan fe’l shakli ravishdosh deyiladi.
Ravishdosh qo’shimchalari; -(i)b, -a,-y,-gach(-kach,-qach),
guncha(-kuncha,-quncha); ko’rib, yoza olmoq, kelgach, borguncha.
–a, -y, -b(ib) yakka yoki takror holda qo’llanadi; o’ynab-o’ynab, ayta-ayta, o’ynay-o’ynay. -b(-ib), -a, -y qo’shimchali ravishdoshlar tuslanadi, ya’ni shaxs-son qo’shimchalarini oladi: yuboribdi, kutaman, o’qiyman. -gani(-kani,-qani), -gali, -guncha(-kuncha, quncha),-gach(-kach,-qach) qo’shimchali ravishdoshlar tuslanmaydi. -i(b) qo’shimchali ravishdoshning bo’lishsiz shakli-may,(-masdan) orqali hosil qilinadi. She’riyatda-mayin shakli ham uchraydi: Qanotini qush qoqmayin uyg’onar el polvonlari. -gani orqali maqsad ravishdoshi yasaladi: Ko’rgani keldim. Maqsad ravishdoshining bo’lishsiz shakli yo’q.