Yuklama turlari
1. So’roq va taajjub yuklamalari:-mi,-chi,-a,-ya, nahot, nahotki.
2. Kuchaytiruv va ta’kid yuklamalari:-da,-u (-yu),-ku,-oq (yoq), hatto, hattoki, axir.
3. Ayiruv va chegaralov yuklamalari: faqat, faqatgina,-gina (-kina,-qina).
4. Aniqlov yuklamasi: xuddi, naq.
5. Gumon yuklamasi: -dir.
6. Inkor yuklamasi: -na..., na
Faqat yuklamasi o’rnida yolg’iz so’zi qo’llanishi mumkin: Yolg’iz o’zi aytmaganiga achindi.
MODAL SO’ZLAR
Fikrning voqelikka munosabatini bildirgan so’zlar modal so’zlar deyiladi. Modal so’zlar ma’no jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi.
1. Fikrning aniqligini, realligini tasdiqlovchi modal so’zlar: albatta, shubhasiz, so’zsiz, shaksiz, haqiqatdan, darhaqiqat.
2. Fikrning taxminligini, gumonligini, noaniqligini bildiruvchi modal so’zlar: ehtimol, chamasi, shekilli, aftidan, haytovur, chog’i.
3. Fikrning o’zaro munosabatini va tartibini bildiradi(yoki fikrning oldingi fikrga bog’liqligini bildiradi): demak, xususan, aksincha, masalan, jumladan, chunonchi, binobarin, xullas, avvalo. Demak, xullas, masalan, jumladan, umuman, chunonchi kabi modal so’zlar fikrni umumlashtirish, xulosa bildirish, dalil keltirish ma’nolarini bildiradi. Avvalo, dastlab,.. kabilar fikrning tartibini bildiradi.
4. Modallikni ifodalaydi: lozim, mumkin, shart, zarur.
5. Tasdiqni bildiradi: bor, mayli, xo’p, ha.
6. Inkorni bildiradi: yo’q, aksincha.
7. Afsuslanish, ajablanishni bildiradi: afsuski, attang, ajabo.
Modal so’zlar quyidagi sintaktik vazifalarda keladi:
a) diologlarda so’z-gap vazifasida(-ha); b) kirish so’z vazifasida. Kirish so’z vazifasida turli so’z turkumlari, jumladan modal so’z kelishi mumkin. Modal so’zlar quyidagi so’z turkumlari bilan bog’langan; shular asosida shakllangan.
a) ot bilan : xaqiqatdan, darxaqiqat, chamasi, aftidan, afsus.
b) sifat bilan: shubhasiz, so’zsiz, shekilli.
v) fe’l bilan: demak, demoqchi.
g) ravish bilan: albatta, avvalo, ayniqsa.
d) yordamchi so’zlar bilan: balki, koshki, haytovur.
Dostları ilə paylaş: |