Fonematik transkripsiya – Grammatika kitoblarida misollarning morfologik strukturasini ko'rsatish uchun ko'proq ishlatiladi, chunki bunday hollarda so’z talaffuzidan ko'ra so’z tarkibi ahamiyatlidir; mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday o'rinda ishlatilgan bo'lishidan qat'i nazar, doim bir xil belgi bilan ko'rsatishdir.
Flektiv tillar–o’zak morfema va affiksal morfema chegarasini ajratish qiyin bo’lgan tillar.
Unga xos belgilar:
o'zak va negizga affikslar qo'shilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin.
o'zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o'rtasidagi chegarani belgilash qiyinchilik tug'diradi.
Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, tiplari, tovushlar o'zgarishi, bo'g'inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg'u, urg'u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog'idir.
Vulgarizm (lot.)- dag’al so’z.
Grammatika (yun.)-tilshunoslikning so’z shakllari (shakl yasalishi), so’z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo’limi.
Grammatik ma’no - so’zning shakliy qismi grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.
Grafika (yun.)-nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tuzilishi.
Dialekt (yun.)-umumxalq tilining ma’lum bir hududda qo’llanadigan ko’rinishi.
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi.
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikdan ajralib turish maqsadida o’zgacha ma’noda qo’llaydigan so’z va iboralar.
Leksema (yun.)- tilning lug’at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug’aviy ma’no anglatuvchi birligi.
Leksik ma’no- so’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no; lug’aviy ma’no.
Lingvistika - tilshunoslik.
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo’ladi: 1) o’zak (so’z) morfema; 2) affiksal morfema (qo’shimcha morfema).
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi bo’lim, ta’limot.
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so’z shakllari, so’z turkumlari haqidagi grammatik ta’limot.
Neologizm (yun.)- yangi so’z, iboralar. Neologizmlar – taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash maqsadida yaratilgan yangi, hali o'zlashib ketmagan so'zlardir.
Numerativ-hisob so’zlari.