Dunyoda 5 ming xil til mavjud. Bu tillar ma’lum xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratilgan.
O’zbek tili mansub bo’lgan turkiy tillar guruhi o’ttizga yaqin tilni o’z ichiga oladi. O’zbek tili qardosh tillar bilan bir asosga ega. Shu bilan bir qatorda mazkur tilning keyingi taraqqiyot bosqichlarida shakllangan o’ziga xos jihatlari mavjud.
O’zbek tili fani quyidagi bo’limlardan iborat.
Fonetika-nutq tovushlari, bo’g’in va urg’u haqidagi bo’lim.
Orfoepiya-adabiy tilning to’g’ri talaffuz qoidalari haqidagi bo’lim.
Orfografiya-to’g’ri yozish yoki imlo qoidalarini o’rganadi.
Leksikologiya-so’z va uning lug’aviy ma’nosi, lug’aviy ma’noning taraqqiyot yo’llari, so’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari haqidagi bo’lim.