Tilshunoslikka kirish



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə49/78
tarix20.12.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#121485
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Tilshunoslikka kirish

noma,-xona,-ch,-inch (quvon-ch, sevin-ch, ishon-ch, suyun-ch, yupan-ch, qo’rq-inch).
indi: yig’-indi,qir-indi; yuv-undi, oq-indi, supur-indi, chiq-indi.
in,-un: ekin, yig’in, yog’in, tugun, bo’g’in, quyun (quy-un).
mak,-moq: emak, chertmak, topishmoq, quymoq, chaqmoq, ilmoq.
dak,-doq: kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo’ndoq.
ildoq: shaqildoq, chirildoq, shilpildoq, xiqildoq.
sh: uylanish, qurilish, o’pirilish, yig’ilish; o’tirish.
it,-at: chiq-it, qur-it, ko’ch-at.
chiq: yopin-chiq, suyan-chiq:
diq: xordiq, qoldiq, topildiq.
a: quyq-a, jizz-a, qahqah-a, sharshar-a, do’mbir-a, dag’dag’-a.
ak; xurr-ak, qars-ak, varr-ak, bizbiz-ak, dardar-ak.


So’zlarni qo’shib ot yasash
So’zlarni qo’shish yoki ularni qisqartib qo’shish bilan qo’shma otlar yasaladi. Qo’shma otlarning tarkibi quyidagicha bo’ladi:
1. Ot bilan otdan: otquloq, qo’larra.
2. Sifat bilan otdan: ko’ksulton
3. Ot bilan sifatdan: gulbeor
4. Son bilan otdan: mingoyoq
5. Ot bilan fe’ldan: o’rinbosar
Quyidagi qo’shma otlar qo’shib yoziladi:
a) qismlari turdosh otlardan iborat bo’lib, bir urg’u bilan aytiladigan narsa-buyum nomlari ( gulko’rpa, o’qilon, tutmayiz, oshqozon, oshko’k);

  1. ot bilan -ar qo’shimchali fe’ldan yasalgan qo’shma otlar

( beshiktebratar, otboqar);
v) ikkinchi qismi turdosh ot bo’lgan joy nomlari ( Yangiyo’l).
Ikkinchi qismi e, yo, yu, ya harfi bilan boshlangan qo’shma otlar ajratib yoziladi: er yong’oq, eshak emi, qozon yuvg’ich.
Juft otlar quyidagicha hosil qilinadi:
a) bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan: uy-joy, oyoq-qo’l, daftar-kitob;
b) sinonim so’zlardan; kuch-quvvat, oziq-ovqat, baxt-saodat, or-nomus;.
v) antonimlardan: yosh-qari, ost-ust.
Takror otlar: kosa-kosa . Tildagi choy-poy, bug’doy-mug’doy, osh- posh, ot- pot kabi so’zlar ham takror hisoblanadi.
Otlar qisqartirish yo’li bilan ham hosil qilinadi. Qisqartirish orqali ot yasalishi abbreviatsiya usuli deyiladi: SamDU, BMT, MDH, ATS, GES, filfak, avtomashina, dramteatr, texnikum.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin