O
ʼ
zbekistonning ma
ʼ
naviy va madaniy taraqqiyoti.
Reja:
1.
Mustaqillik yillarida ma
ʼ
naviy va ma
ʼ
rifiy hayot. Milliy istiqlol g
ʼ
oyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy
urf-odatlar, qadriyatlar va an
ʼ
analarning tiklanishi.
2.
Mustaqilik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bo
ʼ
lgan e
ʼ
tibor. O
ʼ
zbekiston Respublikasi
Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi
xizmati.
3.
Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg
ʼ
ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, Shahrisabz)
yubileylarining jahon miqyosida keng nishonlanishi. Toshkent shahrining Islom madaniyati poytaxti
deb e
ʼ
lon qilinishi va uning ahamiyati.
4.
Madaniyat va san
ʼ
at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko
ʼ
rik-tanlovlarning o
ʼ
tkazilishi. Milliy sport
turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning ma
ʼ
naviy madaniyatni ta
ʼ
minlashdagi o
ʼ
rni.
5.
O
ʼ
zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta
ʼ
minlash borasidagi davlat
siyosati.
6.
Xulosa.
7.
Foydalanilgan adabiyotlar.
O`zbekiston mustaqillika erishgan kundan boshlab milliy g’oya, milliy istiqlol mafkurasimasalalarini
haqiqiy ilmiy nazardan ishlash, tadqiq etish dolzarb masala bo`lib kelmoqda. Milliy mafkura yaratishni
taqozo etuvchi sabablar - bu, bir tomondan, sho`ro zamonida totalitar tuzum manfaatlarini ximoya
qiladigan kommunistik mafko`radan butunlay voz kechishi va sho`ro davridan meros qolgan bir qolipda
fikrlash illatidan tezroq xalos bo`lish, odamlar tafakkur tarzi va dunyoqarashni kommunistik aqidalar
kishanidan ozod qilish demokratik tamoyillar, qonunning ustuvorligiga hurmat tuyg’usini kamol toptirish:
Ikkinchi tomondan mafko`raviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik, millat sifatida o`zligimizni anglash, yakdil va
hamjihatligimizni ta‘minlash shuningdek, bu hamjihatlikka qarshi qaratilgan har qanday yot mafko`raviy
tazyiqlarning oldini olish, ta‘bir joiz bo`lsa, o`zigaxos mafko`raviy immunitet tizimini shakllantirish.
Uchinchi tomondan, mustaqilligimizning ahamiyati va mohiyati mafko`raviy vositalar orqali xalqning
ongiga yetkazish, oliy bir maqsad ulug’vor g’oyalar sari xalqni yakdillika, fidoyilikka, yaratuvchilikka
safarbar qilish. Milliy mafko`ramizning mazmun-mohiyati, ufqlari, uning asosiy tamoyillari davlatimiz
rahbari asarlarida mukammal ifoda etilgan. Dastlab 1993 yil aprel oyida Birinchi Prezident I.A.Karimov bir
guruhi adiblar bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish zaruriyatini asoslab berdi. o`tgan
davr mobaynida milliy mafko`raning hayotimizdagi o`rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini
yaratish, mafko`raviy tarbiya yo`nalishlarini ishlab chikish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni
shakllantirishda bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Biroq bu tadbirlarni amalga oshirish jarayonida
mafkura yaratish masalasi naqadar keng qamrovli ekanligini ko`rsatdi. Darhaqiqatni, bu vazifa bir-ikki
yillik emas, balki millat butun umri davrida hal qiluvchi, yangi zamonaviy talablarni inobatga olib,
takomillashib va boyib borishni taqozo etuvchi jarayondir. Shu bois 2000 yil aprel oyida davlat
rahbarimizning bir guruhi olim va adiblar bilan navbatdagi uchrashuvda va “Fidokor” gazetasi muxbirining
savollariga javoblarida
(2000 yil iyun) endi milliy mafko`raning asosiy kontseptsiyasini ishlab chiqarishga, nazariyadan amaliyotga
o`tish kerakligiga alohida e‘tibor berildi.
Milliy mafkura eng avvalo millatning yaqin va uzoq davriga mo`ljallangan maqsadini amalga
oshirishda inson va jamiyatni harakatga keltiruvchi millatning yaratuvchilik salohiyatining
g’oyaviy mazmuni bo`lgan, inson va jamiyat hayotining ahloqiy-falsafiy nizomini tartibga
soluvchi, milliy turmush tarzi va davlatchilik negizlarini mustahkamlashga xizmat qiladigan
g’oyaviy asoslardan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz milliy mafko`ramiz, ikki asosiga, birinchi
navbatda, xalqimizning azaliy an‘analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga, bir so`zbilan
aytganda, milliy qadriyatlarimizga, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslanib, shu bilan
birga, zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yuto`qlardan oziqlangan, ularni o`zigaqamrab
olgan holda, yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq manfaati va farovonligi yo`lidaxizmat qilmog’i
darkorligini ta‘kidladi.
Milliy mafkura kishilarda milliy madaniyatning, milliy ongning, milliy g’ururning o`sishi va
rivojlanishga muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura faqat o`zbek millatiga tegishli emas,
balki respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarini mustaqillikni mustahkamlash,
O`zbekistonni kelajakda buyuk davlatga aylantirish, inson haq-huquqlarini ximoya qilish,
ijtimoiy adolatni, demokratiyani to`laqaror toptirish, jahon hamjamiyatida o`zimizga munosib
obru-e‘tibor topishimiz, maqsadlarga yo`naltirilgan yagona bayroq, yagona birlashtiruvchi kuch
sifatida qaralmoqda. Ma‘lumki, bizning davlatimizda hech bir mafkura davlat mafkurasisifatida
o`rnatilishi mumkin emas. Milliy mafkura jamiyatimizdagi qarashlar rang-barangligi, g’oyalar
xilma-xilligini saqlagan holda, ularni bir-biri bilan kurashishga, baxslashuviga, har qanday
partiya, harakat, har qaysi inson, fuqaroning fikrini erkin ifoda etish va uni ximoya qilishga
ziyon va tazyiq ko`rsatmasligiga yo`naltirilgan. Albatta, hozirgi kunda milliy mafko`ramiz.
yaratilishining boshlang’ich davrini shohidi bo`lyapmiz, ammo, eng asosiysi,
odamlarning fikri tafakkuri, dunyoqarashi o`zgarib, milliy iftixor tuyg’usi shakllanmoqda. Binobarin, eng qiyin
ish inson mafko`rasini o`zgartirish. Milliy mafkura yoki g’oya qudrati ishontirish bilan belgilanadi. Shu bois kun
tartibiga milliy mafko`rani yaxlit ilmiy kontseptsiyaga solib, jamoatchilikka mos sodda, ommabop shaklda
yetkazishdan iborat. Mafko`raviy ishlarni amalda oshirishda ta‘lim-tarbiya masaslalari, ommaviy axborot
vositalari, “Mahalla”, “Kamolot”, “Oila” kabi qator jamoatchilik tashkilotlarni ma‘naviy-madaniy
markazlarning ahamiyati juda katta. Ayniqsa, ta‘lim muassasalari ishi va ularda qo`llaniladigan darsliklar,
qo`llanmalar mazmun-mohiyati milliy g’oya ruhi bilan sug’orilsa uning ta‘sir doirasi kengayib boradi.
Mustaqillik sharofati ila O`zbekiston ma‘naviy hayoti, madaniy taraqqiyoti uchun yangi davr boshlandi. Istiqlol
tufayli xalqimiz ma‘naviyat zug’umlaridan ozod bo`ldi, erkin fikrga milliy, tiklanishga keng yo`l ochildi.
Ma‘naviy hayotdagi tub sifat o`zgarishlar xalqimiz ma‘naviy salohiyatini mamlakatimizning ertangi porloq
istiqboli uchun, milliy o`zligimiz va qadriyatlarimizning tiklanishi uchun va qolaversa milliy ongi va gururi,
uyg’oq vatanparvar insonni tarbiyalash uchun qaratilgan. Birinchi Prezidentimiz Karimov I.A. ta‘kidlaganidek:
“Davlatimizning qanchalik tez ulg’ayishi, kuch-quvvat ado etishi, dunyo hamjamiyatida o`zigamunosib o`rin
egallashi, avvalombor, halqimiz ma‘naviy saviyasi, g’ururi va fahri nechog’lik yuksak bo`lishiga bog’liqdir Ana
shuni inobatga olgan holda yangi jamiyat barpo etmoqchi bo`lib, eng asosiy yo`nalishlardan biri sifatida
halqimiz tarixini, ma‘naviy qadriyatlarimizni tiklash vazifasini quydik”. Darhaqiqatni, mustaqilligimizni
dastlabki kunlaridanoq xalqimizning ko`pasrlar mobaynida yaratgan g’oyat o`lkan bebaho ma‘naviy va
madaniy merosini tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyatda muhim vazifa sifatida qaralib, keng
ko`lamli jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi tarixiy ishlarning amalga oshirilishi yangi
jamiyatimiz ma‘naviyati binosining qad rostlashiga muhim omil bo`lmoqda. Natijada respublikamizda
ma‘naviyat sohasining yangi
tizimi vujdga kela boshladi. “Ma‘naviyat va ma‘rifat” jamoatchilik markazi, “Ta‘lim markazi”, “O`zbekkino”,
“O`zbeknavo”, “O`zbekraqs”, “O`zbekteatr”, “O`zbekmo`zey”, Badiiy akademiya, O`zbek amaliy san‘at
markazi, Milliy madaniy markazlar, o`rtaOsiyo madaniyat xodimlari assotsiatsiyasi kabi madaniy-ma‘rifiy
tashkilotlar va ko`plab jamg’armalarning tuzilishi respublika ma‘naviyati asosiy sohalarining tarkib topishi va
rivojlanishiga zamin bo`ldi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o`rganish masalalariga alohida e‘tibor
berilmoqda. Sovet davridagi sinfiylik yondashuv va hukmron kommunistik mafkura tayziqi
ostida taqiqlangan tarixiy mavzulardagi asarlar chop etilib, xalqimiz tarixini holislik,
haqqoniylik asosida tiklash va chuqur, har tomonlama tadqiq qilishga kirishildi. Bu borada
o`zbek xalqi va o`zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini holisona ilmiy
asosda yoritish vazifalarini Birinchi Prezident I.A. Karimov bir guruhi tarixchilar bilan 1998 yil
iyun oyida bo`lgan suhbati va Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risida”gi qarorida belgilanishi
alohida ahamiyat kasb etdi.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq dunyo taraqqiyotiga, jahon tsivilizatsiyasiga katta xissa
qo`shgan ajdodlarimiz - buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari ma‘naviy merosini va hayotini
o`rganish avj oldi. Jumladan, Imom Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro,
Bahovuddin Naqshband, Burxonuddin Rabg’o`ziy qabilarning asarlari chop etilishi milliy
qadriyatlarimizni tiklashda katta yuto`q bo`ldi Vatanimiz ozodligi yo`lidashahid ketgan
Abdulla Qodiriy, Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa allomalarimizning
hurmati joyiga qo`yildi va ma‘naviy meroslari xalqimizga qaytarildi. Buyuk ajdodlarimiz
tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning ulug’vor an‘analariga
aylanmoqda. Jumladan, istiqlol yillarida Alisher Navoiy (1991), Zahiriddin Bobur (1993),
Bahovuddin Naqshband (1993), Abduholiq G’ijduvoniy (1993), Fer(1995) kabi buyuk
ajdodlarimizning tavallud
kunlari, shuningdek, Mirzo Ulug’bekning 600 yillik (1994), Najmiddin Kubroning 850 yillik
(1995), Amir Temurning 660 yillik (1996), Imom Buxoriyning 1225 yillik (1998) va Ahmad
Farg’oniyning 1200 yillik (1998) yubileylariga bog’liq tadbirlar nafaqat o`lkamizda, balki
Yunesko orqali xalqaro doiralarda nishonlanishi vatandoshlarimizda milliy faxr tuyg’ularini
yuksaltirdi.
Cho`lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo`jaev, Jaloliddin Manguberdi va boshqa
arboblarning yubileylarini o`tkazish yuzasidan ko`rilgan chora tadbirlar ham
ma‘naviy hayotdagi muhim qadamlar bo`ldi Yosh avlodni ma‘naviy barkamollik
ruhida tarbiyalashda “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligini nishonlash
(1999) ham xissasini qo`shdi. 2000 yil 17 noyabr — Samarqandda buyuk fiqh olimi,
kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130
yilligi (ushbu yubiley munosabati bilan Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik
majmui ochildi. Toshkent va Samarqandda Moturidiy ta'limoti va uning islom
olamida tutgan mavqeiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. 2003
yil 10 may — taniqli o‘zbek shoiri G‘afur G‘ulom tavalludining 100 yilligi yubileyi
munosabati bilan Toshkent shahri markazidagi madaniyat va istirohat bog‘iga
G‘afur G‘ulom nomi berildi va bog‘da shoir haykali ochildi. 2003 yil 27 noyabr —
Buxoro va G‘ijduvon shaharlarida tasavvuf ilmining yirik namoyandasi Abdulxoliq
G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi tantanali ravishda inshonlandi.
2006 yil 27 oktyabr – Qarshi shahrining 2700 yilligiga bag‘ishlangan tantanali
marosim bo‘ldi. 2006 yil 2 noyabr – Xorazm Ma'mun akademiyasining 1000 yilligi
Xivada tantanali nishonlandi. 2007 yil 24 – 26 may – Samarqandning 2750 yilligiga
bag‘ishlangan «Samarqand shahrining umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida
tutgan o‘rni» mavzuida xalqaro ilmiy simpozium o‘tkazildi. Bu marosim
Samarqandda 1997 yildan buyon an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan «Sharq
taronalari» VI xalqaro musiqa festivaliga ulanib ketdi. 2007 yil 7 sentyabr –
Marg‘ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosim
o‘tkazildi. 2009 yil 26 – 27 may – Toshkent shahrining 2200 yillik yubileyiga
bag‘ishlangan «O‘zbekiston poytaxti Toshkent – 2200 yoshda» mavzuida xalqaro
ilmiy konferensiya o‘tkazildi.
Respublika rahbariyati, eng avvalo xalqimizning extiyoji, orzu istaklarini hisobga olib, azaliy milliy bayramlarni
tiklashga yangi istiqlol bayramlarini xalqning qadimiy an‘analariga monand holda shakllantirishga katta e‘tibor
berdi. Masalan, Prezident farmonlari asosida “Navro`z”, “Ramazon hayit”, “Qurbon hayit”lar qonuniy nishonlana
boshlandi. Undan tashqari, istiqlol sharofati bilan “Mustaqillik kuni”, “Konstitutsiya kuni” va “Murabbiylar kuni”
bayramlari joriy etildi. Davlat tili haqidagi qonun chiqqan kun - 21 Oktyabr tabiiy raviishda “Til bayrami”ga
aylandi. Tilimizga Davlat maqomining amalda qaytarilishi, o`zbek tilida rasmiy idoraviy ish yuritish, boy adabiy-
tarixiy merosimizni o`qib o`rganish, milliy qadriyatlarni tiklash va izchil davom ettirish imkoniyatini berdi.
Shuningdek, lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosining joriy etilishi mamlakatning har tomonlama kamol
topishi va jahon komunikatsiyasi tizimiga kirish uchun ancha qulay shart-sharoit yaratib berdi. Ma‘naviy-madaniy
merosimizni tiklashda katta ahamiyatga molik yana bir tadbirlardan biri olamshumul tarixiy me‘morchilik
inshootlarining keng ko`lamda ta‘mirlanishi, jumladan Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz, Shahrizabz kabi
shaharlarda hamda Quva, Chelak tumanlarida tarixiy me‘moriy yodgorliklarning tiklanishi, Buxoro va Xiva kabi
qadimiy shaharlarining 2500 yilligini nishonlanish tantanalari, “Buyuk ipak yo`li”ni tiklash borasidagi amaliy ishlar.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq dinga munosabat tubdan o`zgarib, davlat va diniy tashkilotlar o`rtasidagi
aloqalarni to`g’ri yo`lga qo`yishga alohida e‘tibor qaratildi. O`zbekiston dunyoviy davlat, binobarin diniy
tashkilotlar davlat va maktabdan ajratilgan. Din, shu jumladan islom dini ham xalqning dunyoqarashi va ma‘naviy
olamning mazmunini tashkil etadi. “Biz, - deydi Birinchi Prezident I.A. Karimov, - millatimizni mana shu
muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila
olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o`zligimizni
yo`kotamiz”. Diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning ta‘mirlanishi yangilarning barpo
etilishi, diniy adabiyotlarning nashr etilishi, musulmonlarning Xaj va Umra amallarini ado etishi uchun davlat
tomonidan imkoniyatlarning yaratilishi va boshqa chora-tadbirlar respublikamizda vijdon erkinligini
ta‘minlamoqda. Qur‘oni Karimning va Hadislar to`plamining o`zbek tiliga tarjima qilinishi va nashr qilinishi ham
katta voqea bo`ldi. Islom ta‘limoti va falsafasini keng o`rganish, o`zbek xalqining diniy va madaniy merosini
chuqur tadqiq etish maqsadida 1995 yil Toshkentda Halqaro islom tadqiqot markazi tashkil etilib, unga ilmiy
tekshirish instituti maqomi berildi.
1999 yilda dinshunoslik asoslari, yo`nalishlarini, ilmiy-tadqiqot tamoyillari, islom dini tarixi, falsafasi,
ularning jamiyat hayotidagi o`rni bilan bog’liq masalalarni hamda zamonaviy fanlarni o`zlashtirgan yuqori
malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Umuman olganda, hozir
O`zbekistonda 20 ortiq diniy konfessiyalar majud bo`lib, turli dinlarga e‘tiqod qiluvchilar o`zaro tinch-totuv
yashamoqdalar. Buning zamirida davlat va din o`rtasidagi munosabatlarni belgilovchi tamoyillar katta
ahamiyat kasb etadi. Ular quyidagilardan iborat: 1) dindorlarni diniy tuyg’ularini ximoya qilish; 2) diniy
e‘tiqodlarni fuqorolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish; 3) diniy qarashlarga amal
qiluvchilar va qilmaydiganlarning huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta‘qib qilishga yo`l qo`ymaslik;
4) dindan bo`zg’unchilik maqsadlarida foydalanishga yo`l qo`yib bermasligini e‘tirof etish; 5) diniy
davlatlar bilan hokimiyat uchun kurashga siyosat, iqtisodiyot, qonunchilikka aralashishga yo`l qo`ymaslik; 6)
ma‘naviy tiklanish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirishda diniy uyushmalar bilan hamkorlik qilish.
Lekin shuni ham e‘tirof etishimiz kerakki, so`nggi paytlardan dinimizdan g’arazli maqsadlari uchun
foydalanuvchilar paydo bo`la boshladi. Ular xorijdan yurtimizga kirib kelgan turli xil bo`zg’unchi oqimlar,
din niqobi ostida shaxsiy manfaatini ko`zlovchi kimsalardir. Bizning fuqorolarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz
“haqiqiy” va “soxta” dindorlik nima ekanligini aniq tasavvur qilishlari lozim. o`zlarini chin musulmon, din
uchun kurashuvchi deb hisoblaydigan vahhobiylar, xizbut tahrirchilar xalqimizga mudxish tasavvurlarnii qabul
qilishni istaydigan terrorchilarni, jangarilarni vujudga keltirishga o`rinadilar. Ba‘zi ekstremistik guruhlarning
jinoiy harakatlarini yuqori ko`rinishi bo`lganligini - 1999 yil 16 fevralda Toshkentda ro`y bergan voqealar
misolida ko`rish mumkin. Aqidaparastlarning tinch hayotimizga solishi mumkin bo`lgan tahdidlarni oldini
olish uchun mafko`raviy, madaniy, ma‘rifiy tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish zamon talabi
bo`lmoqda. Din siyosat emas, balki imon, e‘tiqod ekanligini unutmagan holda, diniy ahloqiy qadriyatlardan,
islom dinida mavjud bo`lgan imkoniyatlardan mustaqilligimizni mustahkamlashda oqilona ijodiy foydalanish,
turli madaniyatlarnig yonma-yon tinch yashash, ekstrimizm, fundamentalizm xavfini oldini olish uchun
respublikamizda zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
|