•
viloyatlar va Toshkent shahrining
xo‘jalik sudlari;
•
harbiy sudlar.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida sud
ish
larini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik
aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sudlarning alohida hokimiyat sifatida
belgilanishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va
erkinliklarining xolis organ sifatida faqat sud orqali
ta’minlanishiga erishish va
sudni avvalgi jazolovchi organdan
shaxs huquq va
erkinliklarini to‘laqonli himoya
qila oladigan organga aylantirishdir. Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga
tegishli
bo‘lmagan vazifalardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim
jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya
berish huquqi
prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning
insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi. Islohotlar ikkinchi davrining asosiy
xususiyati Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 21-
fevraldagi «O‘zbekiston
Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish
va faoliyati
samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga
oshirilmoqda.