1.4 rasm. Raqamli signal
Signallarni o‘zgarishi va qayta ishlovi tizimlarda amalga oshiriladi. Signallarni o‘zgartirish va qayta ishlov berish tizimlari qurilmalarda yoki kompyuterlarda programmalar yordamida amalga oshiriladi.
XM – Xabar manbayi.
XSA – Xabarni signalga aylantirgich – xabarni birlamchi elektr signaliga aylantirib beradi.
Uz – Uzatgich – birlamchi elektr signalini aloqa liniyasidan uzatishga mo‘ljallangan signalga aylantirib beradi .
AL – Aloqa liniyasi, signalni yo‘naltiruvchi muhit.
QQ – Qabul qilgich - aloqa liniyasidan kelgan signalni qabul qilib uni birlamchi elektr signalga aylantirib beradi.
SXA – Signalni xabarga aylantirgich - birlamchi elektr signalini xabarga aylantirib beradi.
XI – Xabar istemolchisi.
UT – Uzatish tomoni.
QQT – Qabul qilgich tomoni.
AS – Diskret aloqa sistemasi. si(t) – Aloqa liniyasi bo‘yicha uzatilishga molashtirilgan signal.
ai(t) – Xabar
v i(t) – Birlamchi elektr signali.
si(t) – Aloqa liniyasi bo‘yicha uzatilishga molashtirilgan signal.
1.3.Signallarni parametrlari Real aloqa kanallaridan signallarga xalaqitlar ta’sir qiladi. Agar xalaqit signal bilan qo‘shilsa bu additiv halaqit buladi. Bunday xalaqitlar ga atmosfera shovqinlari, atmosfera razryadlari, industrial xalaqitlar va boshqa aloqa sistemalarini ishlashidan kelib chiqqan xalaqitlar kiradi. Agar xalaqit bilan signal ko‘paytirilsa bu multiplikativ xalaqit bo‘ladi. Bu turdagi xalaqitlar aloqa kanallarining parametrlarini tasodifiy o‘zgarishlarida hosil bo‘ladi.
Signallarni formasini tiklash.Xalaqitlar ikki katta sinfga bo‘linadi :
A ditiv xalaqitlar.
M ultiplikativ xalaqitlar.
Aloqa sistemalarining turiga va vazifasiga qarab signallarni qabul qilishida qo‘yidagi uchta vazifa bajarilishi mumkin :
Signallarni bor yo‘qligini aniqlash.
Signalni farqlash.